Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Interfutbol.uz blogida: Kelajak umidi

Interfutbol.uz blogida: Kelajak umidi

Baho:
+ | -

Biz O‘zbekiston milliy jamoasi tashvishi bilan band bo‘lib, mag‘lubiyatdan kuyunib, g‘alabadan quvonib turganimizda Osiyo futbolida ancha-muncha voqealar ro‘y berdi. Xuddi bizning termamiz singari BAA ham ko‘p muammolarga duch keldi. Oxir-oqibat vaziyat bosh murabbiy Mahdi Alining iste’foga chiqarilishi bilan yakunlandi.

Ilk bor eshitganda, mazkur xabarga ishonging ham kelmaydi. Chunki bu mutaxassis boshqaruvidagi jamoadan ancha-muncha aziyat chekkanimiz bois, BAA termasini ushbu murabbiysiz tasavvur qilolmaydigan bo‘lib qolgandik. Ammo bu dunyoda hech narsa abadiy emas. Shu jumladan, Mahdi Alining faoliyati ham. Har qancha yaxshi ishlamasin, so‘nggi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng u termada qolishi mumkin emasdi. Va buni eng avvalo, uning o‘zi tushundi.

MAHDI ALI

Bu murabbiyni ilk bora 2008 yili yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida taniganmiz. O‘sha musobaqada Mahdi Ali boshchiligidagi BAA yoshlari ajoyib o‘yin namoyish etib, haqli ravishda g‘olib bo‘lishgandi. Bizning yodimizdan chiqmaydigani esa, finalda aynan O‘zbekiston terma jamoasi mag‘lub etilgandi. Turnirning eng yaxshi futbolchisi biz kutgandek Sherzod Karimov emas, balki Ahmad Xalil bo‘lgandi. Keyinchalik BAA bilan ko‘p to‘qnash keldik. Afsuski, bu to‘qnashuvlar bizning foydamizga hal bo‘lmadi.

Shundan so‘ng ko‘p suvlar oqib o‘tdi. Har ikki jamoaning taqdiri turlicha kechdi. BAA yoshlari yil o‘tgani sari ulg‘ayib, aksariyati milliy terma darajasiga qadar yetib borishdi. Mahdi Ali esa yoshlardan so‘ng ham BAA olimpiya jamoasi, ham milliy termani boshqardi. Erishgan yutuqlari orasida eng zalvorlisi 2012 yili Londonda tashkil etilgan Olimpiada yo‘llanmasi bo‘ldi. Taassufki, bu o‘rinda biz uchun yana bir alamli xotira bor - amirliklar futbolchilari aynan bizning jamoani mag‘lubiyatga uchratib, tumanli o‘lkadagi musobaqaga yo‘l olishgandi. «Jar» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘sha uchrashuvni juda yaxshi eslaymiz. Axir 2:0 hisobida oldinda borib, yakunda uchta gol o‘tkazib, boy berilgan o‘yinni kim ham unutardi? Bunday achchiq xotira mudom yodimizda qoladi. BAAning o‘sha muvaffaqiyatida Mahdi Alining hissasi beqiyos.

HAVAS YOXUD HASAD

Mahdi Ali shu tariqa yil o‘tgani sari biz uchun taniqli bo‘lib boraverdi. Avval yoshlar, so‘ngra olimpiyachilar va keyinchalik milliy terma jamoa bilan qarshimizdan chiqib kelaverdi. Biz esa uning muvaffaqiyatlarini ba’zan havas va yashirib nima qildik, ba’zida hasad aralash kuzatdik. Chunki 2009 yili yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘sha Osiyo chempionatida Ahmad Ubaydullayev bosh-qaruvidagi jamoamiz ham porlab chiqqandi. Ularning Vatanimiz futbolining kelajagi bo‘lishlari kutilgandi. Ammo keyinchalik bu jamoadan deyarli hech narsa qolmadi. Aslida, bizning o‘yinchilar iqtidor jihatidan BAA futbolchilaridan qolishmasdilar. Ammo kim biladi, deysiz, balki buning uchun Mahdi Ali kabi murabbiy yetishmagandir? Havasimiz yoxud hasadimizning boisi aynan shunda edi.

Hozir o‘sha O‘zbekiston yoshlar termasidan faqat Islom To‘xtaxo‘jayev milliy jamoa darajasiga qadar chiqa oldi. U ham bo‘lsa allaqachon zaxira futbolchisiga aylanib ulgurgan. O‘sha yili Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lishga nomzod sifatida zikr etilgan Sherzod Karimov esa allaqachon o‘rtamiyona o‘yinchiga aylanib bo‘lgan. Aftidan, uning o‘zi ham terma jamoani unutib yuborgan ko‘rinadi. Chunki unga loyiqligini isbotlash uchun deyarli hech narsa qilgani yo‘q. Hatto «Paxtakor»dan chaqirmagan futbolchisi deyarli qolmagan Samvel Babayan ham uni eslab qo‘ymaganiga yana nima sabab bo‘lishi mumkin?

Bir vaqtlari Sherzod Karimov va Ahmad Xalil Osiyoning umidli yoshlari qatorida porlab chiqqan edilar. Ulardan biri hozir BAA milliy terma jamoasida qatorlashtirib gollar urmoqda, ikkinchisi esa o‘z klubi qobig‘idan chiqib keta olmayapti. Nima deb o‘ylaysiz, agar Ahmad Xalil ham goh markazda, gohida esa qanotda o‘ynab, pozisiyasini o‘zgartiraverganda iqtidorini bu qadar ochib bergan bo‘larmidi?

Marhamat, maqola davomini bu yerdan ko‘rish mumkin

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:57, 08.04.2017.
O'qildi: 9125 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.