Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

La liga. «Malaga» «Real»ni chempionlikka yaqinlashtirdi

La liga. «Malaga» «Real»ni chempionlikka yaqinlashtirdi

Baho:
+ | -

"Barselona" g‘alaba qozonib, jadval peshqadamiga aylanishi mumkin bo‘lgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi. "Malaga" nomdor raqibga qarshi juda yaxshi o‘yin namoyish qildi va haqli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ammo uchrashuv hakami Xil Mansano bahsni o‘ta sust boshqardi. Go‘yoki, u boshqa o‘yinni boshqarayotgandek tasavvur uyg‘otdi. Uchrashuv boshidan u nazoratni qo‘ldan chiqarib yubordi, bahsli qarorlar chiqardi. Har ikkala darvoza tomon bittadan toza penalti belgilamadi, "Malaga"ning bitta toza golini inobatga olmadi.

Bundan tashqari, Neymar bugungi o‘yinga tayyor emasligi ko‘rinib qoldi. Ham ruhiy, ham jismoniy jihatdan. Uning o‘yini qovushmagani yetmaganidek, kerakmas vaziyatlarda sariq kartochkalar olib, jamoasini qiyin ahvolga solib qo‘ydi.

Uchrashuv qahramoni sifatida "Malaga" darvozaboni Karlos Kamenini e’trof etish joiz. U kamida 2ta vaziyatda Suares bilan yuzma-yuz vaziyatda hujumchidan ustun keldi va jamoasini muqarrar gollardan qutqardi.

Enrike boshlang‘ich tarkibga Jeremi Matyoni kiritib, xatoga yo‘l qo‘yib bo‘lgandi. Uning tez yugura olmasligi oqibatida Sandro Ramires "Barsa" darvozasiga dastlabki golni kiritdi.

So‘nggi daqiqalarda bir kishi kam bo‘lib o‘ynayotgan "ko‘k-anorranglilar" ko‘pchilik bo‘lib oldinga o‘tib ketishdi va ikkinchi golni o‘z darvozalaridan olib chiqishdi.

Natijada "Barselona" mag‘lub bo‘ldi hamda "Real"dan esa 3 ochko ortda qolmoqda. "Qirollik klubi" hisobida 1ta zaxira o‘yini ham borligini inobatga olsak, Zidan o‘z jamoasi La liga chempionligiga boshlab kelish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega bo‘lib oldi.

"Malaga" esa ushbu mavsumda "Barsa" bilan o‘yinlarda 4 ochko ishlashga muvaffaq bo‘ldi.

Ispaniya La ligasi, 31-tur
"MALAGA" -  "BARSELONA" 2:0 (1:0)
8 aprel, 23.45, «La Rosaleda»
Gollar: 1:0 – 32 Sandro Ramires, 2:0 – 90 Xoni Rodriges.
Malaga – Kameni, Ernandes, Rikka, Rosales, Lyorente, Fornals, Xuan Karlos (Xoni Rodriges, 83), Kamacho, Resio, Anyor (Penyaranda, 67), Sandro Ramires (SHarles, 77).
Barselona – ter Shtegen, Matye (Serdji Roberto, 46), Umtiti, Alba, Maskerano, Andre Gomesh (Pako Alkaser, 61), Buskets, Denis Suares (Inyesta, 46), Neymar, Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Alba (8), Neymar (27), Umtiti (33), Rikka (37), Resio (45), Penyaranda (69), Xuan Karlos (82), Maskerano (87).
Chetlatish: Neymar (65).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:39, 09.04.2017.
O'qildi: 37294 marta.
Fikrlar: 26 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.