«Real» yarimhimoyachisi Garet Beyl sobiq ustozi Karlo Anchelottini esladi.
Mutaxassis 2013-2015 yillarda «Real»da ishlagan edi.
«Anchelottining o‘yin uslubi futbolchilarni toliqtirmasdi. Uning qo‘li ostida o‘ynash juda yengil edi. U juda xotirjam murabbiy» - dedi Beyl.
Eslatib o‘tamiz, "Real" ertaga Chempionlari ligasi doirasida "Bavariya"ga qarshi to‘p suradi.