«Real» hujumchisi Alvaro Morata ertami, kechmi Antonio Konte qo‘l ostida to‘p surishini aytdi.
«Konte – menga ishonch bildirgan murabbiy. Vaholanki, uning qo‘li ostida o‘ynamaganman. Men kelganimda, u «Yuventus»ni tark etgan. U meni «Chelsi»ga ham chorlamoqda. Afsuski, u bilan ishlash hali nasib qilmadi. Ammo ishonchim komil, qachonlardir yana Konte bilan ishlayman» - dedi Morata.