Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo

Yevropa ligasi yarim final qur’asi haqida

Yevropa ligasi yarim final qur’asi haqida

Baho:
+ | -

Yevropa ligasida chorak final bosqichi yakuniga yetib, yarim finalga chiqqan jamoalar nomi aniq bo‘ldi. Bugun yarim finalga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Shu haqda batafsil ma’lumot berib o‘tamiz.

Yarim final ishtirokchilari
"Ayaks" (Gollandiya)
"Lion" (Fransiya)
"Manchester Yunayted" (Angliya)
"Selta" (Ispaniya)

Qur’a qachon va qayerda bo‘ladi?
Qur’a tashlash marosimi UYEFA shtab-kvartirasi joylashgan Shveysariyaning Nyon shahrida bo‘lib o‘tadi. Qur’a Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi.

Qur’a tartibi
Qur’ada jamoalar savatchalarga ajratilmaydi. Istalgan klub istalgan jamoaga qarshi to‘qnash kelishi mumkin.

O‘yinlar qachon bo‘ladi
Yarim finalning dastlabki o‘yinlari 4 may, javob bahslari bir haftadan keyin — 11 may kuni o‘tkaziladi. Qur’ada nomi birinchi chiqqan jamoa ilk bahsni o‘z uyida o‘tkazadi.

Final
Yarim finalga qur’a tashlash marosimida final o‘yinidagi nominal mezbon juftlik nomi ham aniqlanadi — 1-yarim final juftlik g‘olibi yoki 2-yarim final juftlik g‘olibi.

Final 24 may kuni Stokgolm shahridagi "Frends Arene" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:54, 21.04.2017.
O'qildi: 6975 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик