Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«El Klasiko»dagi beshta asosiy qarama-qarshilik

«El Klasiko»dagi beshta asosiy qarama-qarshilik

Baho:
+1 | -

Ertaga bo‘lib o‘tadigan «El Klasiko» La Liga chempionligi taqdirini hal qilishi mumkin.

Goal nashri fursatdan foydalanib, ushbu bahsning 5 qarama-qarshiligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Ushbu bahsga kelib «Real» azaliy raqibidan uch ochko ilgarilab ketgan. Boz ustiga, zaxirasida «Selta»ga qarshi o‘yin ham bor. Demak, ehtimoliy 6 ochkolik ustunlik madridliklar tarafida.

Chempionlar Ligasidan mosuvo bo‘lgan kataloniyaliklar esa bor e’tiborlarini La Ligani yutib olishga qaratishadi. Safardagi g‘alaba «Barselona» uchun suv va havodek zarur. Uchrashuv ko‘p narsalarni belgilab berishi turgan gap.

O‘yinning eng asosiy 5 qarama-qarshiligi quyidagicha ko‘rinish olgan:

Keylor Navas – Mark-Andre Ter Shtegen

Uslubi: Ularikki xil uslubdagi darvozabonlar, deya olamiz. Navas o‘zining aqlbovar qilmas seyvlari bilan mashhur bo‘lsa, Ter Shtegen «Barselona» uslubida, ko‘proq oyoq bilan ham o‘yinga qo‘shilishini ko‘pchilik bilishi aniq.

Sport holati: Kataloniyaliklar hozirda qiyin davrni boshidan kechirmoqda va aynan o‘yin taqdiri o‘z darvozabonining o‘yiniga bog‘liq bo‘ladi. Navas o‘tgan yili yozida olgan jarohatidan butunlay forig‘ bo‘lgan va buni «Bavariya»ga qarshi bahsda ham ko‘rsatib berdi. Ikki posbonning ko‘rsatadigan o‘yini uchrashuvning ma’lum qismida yakuniy hisobga ta’sir qilishi aniq.

Serxio Ramos – Jerar Pike

Uslubi : Bu ikki himoyachilar bir-biridan tubdan farq qilmaydi. Pike «Barsa»ning ramziy sardorlaridan biri. «La Masiya» tarbiyalanuvchisi kataloniyaliklar himoya chizig‘ining muhim qismi hisoblanadi. Serxio Ramos ham jamoasining ramzlaridan biriga aylandi. Qiyin paytlarda xarakter ko‘rsatib jamoasini qutqarishi bilan mashhur bo‘lgan Ramos o‘zining 12 mavsumini ham ajoyib saviyada o‘tkazmoqda.

Sport holati : UstunlikRamos tarafida. Bu mavsumda Ramos jamoasini «Napoli»dagi bahsda kiritgan dubli bilan yordam bergan bo‘lsa, «Bavariya»ga qarshi o‘yinda Nacho bilan ajoyib himoya juftligini yaratdi. Pike ham har hafta «Barselona» tarkibida ajoyib o‘yinlarini o‘tkazmoqda.

Luka Modrich – Andres Inesta

Uslubi: Inesta va Modrichlarning o‘yin uslubi juda o‘xshash. Ikkalasi ham to‘pni nazorat qilishni, maydonning kichik qismida shoular yaratishni, o‘yinga o‘z ta’sirini o‘tkazishni juda yaxshi bilishadi. Modrich «Real»da ko‘proq himoyaviy vazifalarni o‘z bo‘yniga olgan va Zidanning taktik sxemasida muhim rolni o‘ynaydi. Inesta esa ko‘proq hujumdagi sheriklariga to‘pni yetkazib berishda benazirdir. Gvardiola jamoasining muhim elementi bo‘lgan Inesta ertaga bo‘lib o‘tadigan bahs natijasiga bevosita ta’sir o‘tkazadigan futbolchilar sirasidan.

Sport holati: Bu « El Klasiko »dagi muvozanatsiz qarama-qarshiliklardan biri aynan shu juftlik bo‘lsa kerak. Boisi, Inesta o‘zining oldingi saviyasida emas va «Barselona»ning barcha uchrashuvlarida ishtirok eta olmayapti. La Ligada hozircha atigi 19 uchrashuvda maydonga tushgan. Modrich esa hozirda ajoyib sport formasida. «Bavariya»ga qarshi kechgan ikkala bellashuvda Modrich jamoasiga ko‘p narsa bera olishini ko‘rsatib berdi.

Karim Benzema – Luis Suares

Uslubi: Bu ikki hujumchining o‘yin uslubi umuman o‘xshash emas. Urugvaylik hujumchi to‘p bilan yoki to‘psiz ham raqib himoyachilariga xavf tug‘dira oladi. Benzema esa ajoyib texnikasi evaziga har qanday hujumchi bilan bellasha oladi.

Sport holati: Bu mavsumda ikkala hujumchining ishlari u qadar yaxshi ketmayapti. Shunga qaramay, Suares hozircha o‘z hisobiga 24 gol va 12 golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Fransiyalik hujumchi hisobida hozircha 9 gol va 4 golli uzatma bor.

Krishtianu Ronaldu – Lionel Messi

Uslubi : shubhasiz, bular dunyoning eng yaxshi ikki futbolchisi hisoblanishadi. Nadal – Federer juftligi kabi, Ronaldu va Messi o‘z uslublarida tengsizdir. Ikkalasi ham jamoasiga kerakli paytda o‘zlarini ko‘rsata olishadi.

Sport holati : Kutilgan qarama-qarshilik ! Ronaldu to‘qqizlik rolini qayta kashf qilgan bo‘lsa, Messi «Barsa»da so‘nggi paytlarda qiyinchilikka duch kelmoqda. La Ligada 29 gol urganiga qaramay, besh karra «Oltin to‘p» sohibi Chempionlar Ligasida o‘zini ko‘rsata olmadi. Ronaldu esa aksincha «Real»ni qaytadan yuqori marralar sari yetaklab bormoqda.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 22:52, 22.04.2017.
O'qildi: 17044 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.