Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Marselo: «El klassiko» - bu shunchaki o‘yin emas»

Marselo: «El klassiko» - bu shunchaki o‘yin emas»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi qanot himoyachisi Marselo Ispaniya chempionati 33-turidan o‘rin olgan «Barselona»ga qarshi – «el-klasiko» oldidan madridliklar rasmiy saytiga intervyu berdi.

Marselo mazkur suhbat chog‘ida o‘yindan kutayotganlarini bayon qildi.

- Klasiko bu shunchaki o‘yin emas, balki har qanday muxlis uchun alohida bayram. Bizni katta hayajonli bahs kutib turibdi.

Bu o‘ynni ko‘rish uchun butun dunyo odamlari o‘z ishlarini unutishadi. Har qanday futbolchi bu o‘ziga xos «jang»da hech bo‘lmaganda bir marotaba qatnashishni istaydi. Odamlar esa bahs oldidan anchagacha muhokamalar olib borishadi.

Menda «Barselona»ga qarshi ko‘plab o‘yinlarda ishtirok etish imkoniyati bo‘lgan, ammo hech qaysi o‘yinda o‘zimda qo‘rquv yoki hayajonni sezmaganman. Bu o‘yinda bo‘ladigan his-tuyg‘ularni so‘z bilan ifodalab berish qiyin. Buning uchun faqat o‘ynash kerak.

O‘ylaymanki, har-bir odam o‘rnimda bo‘lishni xohlaydi.

Umuman, «Real» va «Barselona» o‘rtasidagi o‘yinlarni muxlislar bunchalik katta xursandchilik bilan kutib olishlaridan juda ham baxtlimiz.

«Real»ga birinchi kelgan paytlarimda bu yerdagilar to‘planib kataloniyaliklarga qarshi bahs haqida gaplashayotgan edi. Do‘stlarim tinimsiz telefon qilishib taasurotlarim haqida so‘rashardi.

«Real»dagi ilk qadamlar

Eslayman, o‘sha o‘yin «Real» foydasiga hal bo‘lgan. Shunda katta oilaning kichik a’zosiga aylanganimni tushunib yetganman. Bu men uchun muhim edi.

Jamoaning ishlari yaxshi ketmoqda hammangizni ishontirib aytamanki, «Real» har-bir o‘yinga alohida yondashib mas’uliyat bilan maydonga tushadi. Bu o‘yinni finaldek qabul qilamiz. O‘ylaymanki, hozir yo‘limizda bir-tekis, ravon ketmoqdamiz va muxlislarimizning xursandchiligini davom ettirishga harakat qilamiz.

Biz ajoyib jamoamiz, barcha faqatgina oldinga qadam qo‘yish haqida o‘ylaydi va bir-birini qo‘llab quvvatlaydi.

«Kamp Nou»dagi o‘yinlar xususida

– Bu stadionda o‘ynash juda ham qiyin. «Barselona»ga qarshi o‘yinlar oldidan mashg‘ulotlarda katta ter to‘kib, jiddiy tarzda shug‘ullanish kerak.

«Kamp Nou»dagi oxirgi o‘yinimizda murabbiymizning rejasi to‘liq amalga oshgandi.

Bu o‘yinga keladigan bo‘lsak, aniq ayta olmayman har narsa bo‘lishi mumkin, ammo uch ochko olib «Barselona» bilan oradagi faqrni yanada ko‘paytirishga harakat qilamiz.

Ronaldu bilan do‘stlik

Bu hali hammasi emas, maqolaning davomi bu yerda

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 16:12, 23.04.2017.
O'qildi: 5053 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.