Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Ronaldu va Messi. «El-klasiko»lardagi ajoyib faktlar

Ronaldu va Messi. «El-klasiko»lardagi ajoyib faktlar

Baho:
+ | -

Bugun Madriddagi muhtasham “Santyago Bernabeu” stadionida “Real” va “Barselona” ishtirokidagi “el-klasiko” bo‘lib o‘tadi.  Ushbu qarama-qarshilikda ko‘pchilikning diqqat-e’tibori 9 marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan ikki futbolchi Ronaldu va Messiga qaratiladi.

Biz mazkur futbolchilarning “klasiko”lardagi ko‘rsatkichlari haqida qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.

***

-    Messi “El-klasiko”larda jami 21 ta gol urib,  mutloq to‘purar bo‘lib turibdi.  Ronaldu esa 16 ta gol bilan bu borada 3-o‘rinda bormoqda.
***

-    2009 yildan buyon,  ya’ni Ronaldu va Messi bir chempionatda to‘p surayotgan davrdan boshlab Krishtianu 16 ta,  Lionel esa 15 ta golga mualliflik qilgan.

***

-    Argentinalik hujumchi La ligada 14ta,  portugaliyalik esa 8 ta gol urishning uddasidan chiqqan.

***

-    “Santyago Bernabeu” stadionida Ronaldu 3 ta,  Messi esa 8 ta gol kiritgan.

***

-    Krishtianu “Bernabeu”da chempionatda kiritgan 3 ta golini ham penaltidan urgan.  Hozircha Portugal o‘g‘loni “Real” maydonida o‘yindan gol ura olmayapti.

***
-   “Kamp Nou”da chempionat o‘yinlarida Messi 6,  Ronaldu esa 5 ta golga mualliflik qilgan.

***

-    Ispaniya kuboklaridagi “klasiko”larda Ronaldu 5 ta gol urgan bo‘lsa,  Messida bu raqam 0 ni tashkil etadi.  Hozircha Leo kubokda madridliklar darvozasiga yo‘l topa olmayapti.

***

-    Ispaniya superkubogidagi natijalar borasida hisob 5:3 Messi foydasiga!

***

-    Chempionlar ligasi turnirida ham “10” raqam egasi 2:0 hisobida oldinda bormoqda.

***

-    Messi 21 ta golining 9 tasini “Kamp Nou”da,  13 tasini esa “Santyago Bernabeu”da nishonlagan.

***

-    Darvoqea,  Lionel har ikkala stadionda ham “xet-trik”ka erishgan.

***

-   Ronaldu esa 16 ta golning 5 tasini “Santyago Bernabeu”da,  10 tasini “Kamp Nou”da va yana birini neytral maydonda urgan.  Demak,  har ikkala futbolchi ham mehmondagi o‘yinlarda ko‘proq to‘p kiritishgan.

***

Davomi>>

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:11, 23.04.2017.
O'qildi: 12293 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик