Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Hakamning «el-klasiko»dagi bahsli qarorlari (tahlil)

Hakamning «el-klasiko»dagi bahsli qarorlari (tahlil)

Baho:
+ | -1

Ispaniya chempionatining 33-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Real" va "Barselona" o‘rtasidagi o‘yinni boshqargan Ernandes Ernandesning ba’zi qarorlari qator muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ispaniyaning "MARCA" nashri hakamning 5ta qarorini tahlil qilib chiqdi.

Ramosning chetlatilishi
Bahsning 78-daqiqasida Serxio Ramos maydondan chetlatilganidan keyin «Madrid» maydonda 10 kishi bo‘lib qoldi. Sobiq hakam Xuan Anduxar Oliver ushbu vaziyatga quyidagicha izoh berdi:

«Bu Messiga nisbatan xavfli fol edi. Ramos to‘pni olib qo‘yish maqsadida raqibga nisbatan tik oyoq bilan sakradi. Shubhasiz, bu yerda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka edi».

Kazemironing chetlatilmasligi
«Barselona» futbolchilari hakamdan Kazemironi maydondan chetlatishni so‘rashdi.

«O‘yinning 12-daqiqasida futbolchi Messiga qarshi fol uchun dastlabki sariq kartochkani oldi. Bu yaqqol "sariq". 45-daqiqada braziliyalik futbolchi "Barselona" qarshi hujumga o‘tayotganida Messiga nisbatan qoidabuzarlik uchun ikkinchi kartochkani olishi kerak edi. Ernandes Ernandes xatoga yo‘l qo‘ydi, u Kazemironi maydondan chetlatishi kerak edi», – dedi Anduxar Oliver bu vaziyat yuzasidan.

Marseloning chetlatilmagani
Bahsning 20-daqiqasida Messi Marselo bilan to‘qnashuvdan keyin maydonga yotib qoldi.

«Marselo to‘pga sakrash paytida tirsagini yuqoriga ko‘tardi. Ernandes Ernandes braziliyalik futbolchini maydondan chetlatilishi mumkin edi. Ushbu vaziyatdan keyin argentinalik o‘yinchining og‘zidan ancha qon oqdi», – dedi Anduxar Oliver.

Kazemironing goli
Uchrashuvning 28-daqiqasida Kazemiro hisobni ochdi. Anduxar Oliverning fikricha, Marseloning uzatmasidan keyin Ramos zarba berayotganida ofsaydda emas edi. Shu bois, gol haqli ravishda inobatga olindi.

Ronalduga nisbatan qoidabuzarlik uchun belgilanganman penalti
Ikkinchi daqiqadayoq Umtiti oyog‘i bilan jarima maydonchasi ichida Krishtianuning oyog‘iga tegdi. Ushbu vaziyatda hakam to‘g‘ri qaror qabul qildi. Boisi, penalti belgilash uchun yetarli kontakt bo‘lmadi.

Manba: realmadrid.ru
Kiritildi: 20:25, 26.04.2017.
O'qildi: 18655 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик