Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya 1-1 Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao 4-2 Levante
08/02 21:30 Liverpul 1-2 Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo 0-5 Inter
08/02 22:30 Atletiko 0-1 Betis
09/02 00:45 Yuventus 2-2 Lasio
09/02 01:00 Valensiya 0-2 Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese
10/02 00:45 Roma - Kalyari
10/02 01:00 Vilyarreal - Espanyol

«Malaga» prezidenti «Barselona» haqidagi qo‘pol gaplari uchun uzr so‘radi

«Malaga» prezidenti «Barselona» haqidagi qo‘pol gaplari uchun uzr so‘radi

Baho:
+ | -

«Malaga» prezidenti Abdulla As-Soniy «Barselona» haqidagi qo‘pol gaplari uchun uzr so‘radi.

«Jamoamiz bosh murabbiyi Michelning sha’niga aytilgan yolg‘on gaplardan so‘ng, men bu gaplarni Kataloniya matbuotiga qarata aytgandim. Chunki ularning gapiga ko‘ra, murabbiyimiz «Real»ga g‘alabani tortiq qilarmish. Bu gaplar noo‘rin. «Malaga» o‘yinlarni sotmaydi. Ammo gaplarim uchun uzr so‘rayman. Agar kimdir bu so‘zlarni o‘zicha talqin qilsa, bu uning muammosi» - dedi As-Soniy.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda «Malaga» klubini boshqarayotgan Migel Michel «Real»ning sobiq futbolchisi hisoblanadi. Yaqinda u «Real»ga chempionlik tilashini, ammo unga qarshi o‘yinda g‘alaba uchun maydonga tushishini aytgandi. Kataloniya matbuoti esa «Malaga» «Real»ga qarshilik ko‘rsatmaydi degan gap-so‘zlarni tarqatishgandi. Xususan, bosh murabbiy Luis Enrike kinoya bilan: «Malaga»ning g‘alabasiga umid qilishimiz mumkinmi? Agar buvimning g‘ildiraklari bo‘lganida, u velosipedga aylanib qolardi» - degandi.

As-Soniy esa tvitterda: «Ollohning madadi bilan «Real»ni toshbo‘ron qilamiz. Biroq, Michel haqidagi yolg‘on gaplaridan so‘ng, Kataloniya tashlandiqlari chempionlik ta’mini totmagay» - deb yozgan edi.

Shundan so‘ng «Barselona» klubi «Malaga» prezidenti Abdulla As-Soniy ustidan tegishli idoralarga shikoyat qilishi haqida bayonot bergan edi.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 20:22, 27.04.2017.
O'qildi: 8408 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.