Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Messining «el-klasiko»lardagi eng yaxshi 7 o‘yini

Messining «el-klasiko»lardagi eng yaxshi 7 o‘yini

Baho:
+1 | -

Eng so‘nggi “klasiko”ga hali muxlislarning esidan chiqib ulgurmadi.  Mazkur to‘qnashuv Messiga atalgandi.  Shu boiz biz Leoning “Real”ga qarshi kechgan eng yorqin o‘yinlari haqida to‘xtalib o‘tishni joiz deb topdik.

7.  “Barselona” – “Real” 2:2
2012 yil. Ispaniya chempionati

2012 yili chempionatdagi ilk “klasiko”da muxlislar Ronaldu va Messi qarama-qarshiligida o‘tgan eng shiddatkor o‘yin guvohiga aylanishdi.  Uchrashuvda Ronaldu hisobni ochgan bo‘lsa,  keyinchalik Messi “dubl”ga erishib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan edi.  Biroq oradan 6 daqiqa o‘tgach Krishtianu ham ikkinchi golini rasmiylashtirib,  uchrashuvning jangovor during bilan yakunlanishini taminlagan edi.

6.  “Real” – “Barselona” 2:6
2009 yil. Ispaniya chempionati

“Barselona”ning “Kamp Nou”dagi unutilmas g‘alabalaridan biri.  Uchrashuvda Iguain hisobni ochganida ko‘pchilik “Real”ning g‘alabasini taxmin qila boshlagandi. Biroq shu kuni “Barsa”ni to‘xtatib qolishning iloji topilmadi.  Messi uchrashuvning 36 va 75-daqiqalarida o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi va jamoasining tarixiy g‘alabasiga munosib ulushini qo‘shdi.

5.  “Barselona” – “Real” 3:2
2012 yil. Ispaniya superkubogi

Ispaniya kubogi birinchi o‘yinida jamoalar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekishgan edi. Javob o‘yini ham shu hisobda yakunlanishi arafasida turgan paytda katta sahnaga Messi chiqdi. U 88-daqiqa o‘zining uchrashuvda ikkinchi golini kiritib, kataloniyaliklarga superkubokni tuhfa etdi.

4.  “Real” – “Barselona” 3:4
2014 yil. Ispaniya chempionati

Super “el-klasiko”!  Ikkala jamoa ham fantastik o‘yin namoyish etishdi.  Uchrashuvda hisob 0:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:4 ko‘rinishlariga keldi. Messi mazkur bahsda 42-daqiqada hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirgan bo‘lsa,  65-daqiqada penaltidan unumli foydalanib, hisobni 3:3 ga yetkazdi. O‘yin tugashiga 6 daqiqa qolganida esa yana bir bor 11 metrli jarima to‘pi oldiga yaqinlashgan argentinalik futbolchi “Santyago Bernabeu”da “xet-trik”ka erishib,  jamoasining g‘alabasini taminladi.

Davomi>>

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:03, 27.04.2017.
O'qildi: 7643 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик