«Napoli» hujumchisi Lorenso Insinye jamoa bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Yangi kelishuvga ko‘ra, u jamoa safida 2022 yilga qadar to‘p suradi, futbolchining maoshi esa deyarli besh barobar oshgan. Endilikda Insinye yiliga 1,1 million yevro ishlab topadi.