Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

«Real» klubi «Barselona» fanatlariga o‘z abonementlarini sotgan muxlislarini jazolaydi

«Real» klubi «Barselona» fanatlariga o‘z abonementlarini sotgan muxlislarini jazolaydi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan «Real» - «Barselona» (2:3) o‘yinida Messi so‘nggi daqiqada gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirgandi.

Keyin «Real»ning fanatlar tribunasida o‘tirgan bir qancha muxlislar uning golini xursandchilik bilan nishonlashdi. Bu esa madridlik muxlislarning e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Shundan so‘ng, «Real» bu mojaroni o‘rganib chiqib, aybdorlarni topishga muvaffaq bo‘ldi.

Aniqlanishicha, o‘yindan oldin «Real»ning 1500ga yaqin muxlisi o‘z abonementlarini «Barselona» fanatlariga sotgan. Natijada mehmon jamoa muxlislarining ancha-munchasi «Real» futbolkalarini kiyib, mahalliy muxlislar o‘tiradigan tribunaga kirgan. Messi gol urganida esa ular shod-xurramlik bilan nishonlashgan.

Ayni paytda, «Real» bu qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan 635 nafar muxlisning shaxsini aniqladi. Barcha ma’lumotlar klubning tartib-intizom qo‘mitasiga jo‘natildi. Endi ular abonementlardan ayrilishi va fanatlar uyushmasi safidan chiqarilishi mumkin.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 23:02, 28.04.2017.
O'qildi: 6196 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик