Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

La liga. «Espanyol» qo‘pol xatolar tufayli «Barselona»ga yutqazdi

La liga. «Espanyol» qo‘pol xatolar tufayli «Barselona»ga yutqazdi

Baho:
+ | -

"Barselona" klubi Ispaniya chempionatining 35-turi doirasida oson bo‘lmagan o‘yinni o‘tkazdi. «Kornelya el-Prat» stadionida bo‘lib o‘tgan Kataloniya derbisida "Espanyol" "ko‘k-anorranglilar"ga jiddiy qarshilik ko‘rsatishga harakat qildi.

Mezbonlar bu ishni birinchi bo‘lim davomida yaxshi uddalashdi. "Espanyol" hattoki 5-daqiqadayoq hisobni ochishi kerak edi. Kaysedoning uzatmasidan keyin Xurado jarima maydonchasiga yorib kirdi va birga-bir vaziyatda aniq zarba bera olmadi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa o‘sha Xurado juda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. U maydon markazidan Diyego Lopes tomon uzatma berdi. Luis Suares to‘pni egallab olib, birga-bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi.

"Barselona" futbolchilari ikkinchi 45 daqiqalikni birinchisiga nisbatan yaxshiroq o‘tkazishdi, ammo raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni ko‘plab yaratishmadi. O‘yin tugashiga 15 daqiqa qolganida mehmonlar pozision hujum orqali ikkinchi golni urishdi. Neymardan uzatma qabul qilgan Messi oldinga yurdi va jarima maydonchasining chap tomonida ochilgan Rakitichga uzatma berdi. Ivan kuchli bo‘lmagan zarba bilan Diyego Lopesni dog‘da qoldirdi.

"Barsa"ning uchinchi golida "Espanyol" himoyachisining hissasi yuqori bo‘ldi. Messi raqib darvozabon maydonchasiga uzatma bergan paytda himoyachini tepib yuborishda muvaffaqiyatsiz harakat qildi. Urugvaylik futbolchi to‘pni egalladi va darvozani ishg‘ol qildi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Barselona" o‘z ochkolarini 81taga yetkazdi va 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Chempionat tugashiga esa 3ta tur qolmoqda.

Ispaniya La ligasi, 35-tur
"ESPANYOL" - "BARSELONA" 0:3 (0:0)
29 aprel, 23.45, «Kornelya el-Prat»
Gollar: 0:1 – 50 Suares, 0:2 – 76 Rakitich, 0:3 – 87 Suares.
Espanyol – Lopes, Lopes, Reyes, Karikol, Xurado, Sanches, Xavi Fuego (Mark Roka, 79), Lopes Silva, Pyatti (Peres, 66), Moreno, Kaysedo (Baptistao, 61).
Barselona – ter Shtegen, Umtiti, Pike, Alba, Serdji Roberto, Rakitich, Buskets, Andre Gomesh (Maskerano, 78), Neymar, Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Moreno (14), Karikol (58), Xavi Fuego (68).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:34, 30.04.2017.
O'qildi: 11387 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик