Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola: "Gabriel Jezusning golni sezish qobiliyati zo‘r"

Gvardiola: "Gabriel Jezusning golni sezish qobiliyati zo‘r"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jarohati sababli ikki oydan oshiqroq vaqt safda bo‘lmagan hujumchi Gabriel Jezusning qaytishiga munosabatini bildirdi.

Futbolchi Manchester derbisining (0:0) 86-daqiqasida maydonda paydo bo‘ldi.

"Uch oylik tanaffusdan so‘ng maydonda bor-yo‘g‘i besh daqiqa o‘ynadi va ikkita ajoyib vaziyat yaratdi. Santimetrli ofsayddan gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi. Uning golni sezish qobiliyati zo‘r. Kelgusi mavsumda u bizga ko‘p yordam beradi. U mavsumni zo‘r boshlagan edi, ammo uch hafta o‘ynadi, xolos.

U Aguero bian bir birini juda yaxshi tushunadi, ayniqasa, bugungiday qattiq himoyaga qarshi. Ochko yo‘qotgan o‘yinlarmizda Gabriel bo‘lganida nima bo‘lardi, bilmayman. U braziliyalik ajoyib 9-raqam egasi", - deydi Gvardiola.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 09:44, 30.04.2017.
O'qildi: 3457 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.