«Barselona» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi FIFA tashkilotiga tashrif buyurmaydi.
Avvalroq, futbolchi hakamni haqorat qilgani uchun 4 o‘yinga diskvalifikasiya qilingandi. Shundan so‘ng Argentina futbol assosiasiyasi (AFA) bu qaror yuzasidan apellyasiya bergan edi.
FIFA bu apellyasiyani 4 may kuni ko‘rib chiqish uchun kengash chaqirmoqda, ammo Messi taqvimning tig‘izligi tufayli unda ishtirok etolmaydi. Biroq videoaloqa orqali barcha savollarga javob beradi.