Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Yoshlar ligasida «Qo‘qon-1912» «Paxtakor»ga yutqazdi

Yoshlar ligasida «Qo‘qon-1912» «Paxtakor»ga yutqazdi

Baho:
+ | -

Yoshlar ligasining 9-turida «Qo‘qon-1912» - «Paxtakor» o‘yini o‘tkazildi.

O‘yindagi ilk xavfli vaziyatni “Paxtakor” futbolchilari vujudga keltirishdi. 6-daqiqada mehmonlar gol urishgandi. Ammo “Paxtakor” futbolchisi o‘yindan tashqari holatda qolib ketgani bois gol inobatga olinmadi.
17-daqiqada mehmonlar ijrosida o‘ta xavfli vaziyat vujudga keldi. Qanotdan oshirilgan to‘pni himoyachi o‘z darvozamizga kiritib qo‘yishiga sal qoldi.
18-daqiqada Doston Meliqo‘ziyev yuzaga kelgan qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Yosh futbolchi darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borishi mumkin edi. Ammo to‘pni o‘zida uzoq saqlab qolishi natijasida xavf bartaraf etildi.
30-daqiqada Mahmudhojiyev uchrashuvda hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu vaziyatda Ibrohimov 2 himoyachini aldab o‘tib zarba berganda darvozabon to‘pni qaytardi va unga Mahmudhojiyev birinchi bo‘lib yetib kelib darvozani ishg‘ol etdi.
Oradan olti daqiqa o‘tib himoyachilarning xatosidan unumli foydalangan Mahmudhojiyev ikkinchi bor darvozabonimizning ojiz qoldirdi.
41-daqiqada vakillarimiz ketma-ket bir nechta vaziyatlarni yo‘qqa chiqarishdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Ramzbek Isaqov mehmonlar posbonini xafa qilishi mumkin edi. Ammo uning zarbasini “Paxtakor” himoyachilari qaytarib qolishdi.
Ikkinchi bo‘limni mezbonlar faol tarzda boshlashdi. 51-daqiqa mehmonlar o‘yinchisi o‘z jarima maydonchasi ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi deb topgan hakam penalti belgiladi. Afsuski, Abror Rahmonov penaltini golga aylantira olmadi. Uning zarbasini darvozabon qaytardi.
Qolgan daqiqalarda futbolchilarda hisobni o‘zgartirish uchun bir qator vaziyatlarga ega bo‘lishdi. Ammo ulardan foydalana olishmadi.
Aksincha, mehmonlar 87-daqiqada uchinchi bor darvozani aniq nishonga olishdi. Bu safar himoyadagi xatodan so‘ng, Suhrob Nurullayev hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. O‘yin shu hisobda nihoyasiga yetdi.

Yoshlar ligasi, 9-tur
“Qo‘qon-1912” – “Paxtakor” – 0:3 (0:2)
Gollar: Shoxruh Mahmudxojiyev (30, 36), Suhrob Nurullayev (87).

Hakamlar: D. Jamilov, SH. A’zamov, S. Rahmonov, J. Hakimov.
Nazoratchi: A. Hatamov.
“Qo‘qon-1912”: 30. Islom Abdullayev (21. Muzaffar Abdullayev-46), 4. Doniyor To‘lashev, 6. Dilshod Baratov, 7. Ramzbek Isaqov (5. Hasan Nurmatov-46), 9. Avaz Yusufjonov (20. Muhsin Baratov-64), 10. Abror Rahmonov (55. Dadaxon Sulaymonov-84), 15. Ibrohim Ahmadaliyev, 19. Doston Meliqo‘ziyev, 25. Ismoil Oxunjonov, 75. Ma’mur Rahimov, 90. Baxtiyor Abdubannonov (29. Abduqahhor O‘ktamov-39).
Zaxira: 70. Ibrohim Usmonov, 99. Ibrohim Muxtorov.
“Paxtakor”: 16. Shoxrux Raimov (50. Umid Hamroyev-46), 5. Jasur Ermamatov, 7. Jamshid Yusupov, 10. Suhrob Nurullayev (6. Jasur Rahimov-89), 15. Shoxrux Mahmudhojiyev (29. Bahrom Soatov-76), 19. Doston Ibrohimov (18. Ibrohim G‘anixonov-46), 21. Bexruz Sadiloyev, 23. Xojiakbar Alijonov, 26. Oston Urunov, 34. Xushnud Avilov (22. Ibrohim Turg‘unboyev-77), 38. Sarvar Sattorov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 17:52, 05.05.2017.
O'qildi: 3575 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.