Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Bokuda IV “Islom birdamlik o‘yinlari” start oldi

Bokuda IV “Islom birdamlik o‘yinlari” start oldi

Baho:
+ | -

8 may kuni Ozarbayjon poytaxtida IV "Islom birdamlik o‘yinlari" musobaqasi start oldi.

Hozircha Bokuga 44 nafar sportchilarimiz yetib kelishdi. Demak gandbol, boks, badiiy gimnastika va o‘q otish bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari Bokudagi Sportchilar shaharchasiga joylashib bo‘lishdi. Bu yerda musobaqa ishtirokchilari uchun barcha sharoitlar muxayyo etilgan. Tibbiy xizmat va ovqatlanish shahobchalari 24 soat davomida uzluksiz ishlab turibdi.

Qolaversa bellashuvlardan bo‘sh paytda sportchilarning madaniy hordiq chiqarishlari va vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun tashkiliy qo‘mita tomonidan bir qator madaniy dasturlar ishlab chiqilgan. Bir so‘z bilan aytganda musobaqani har jihatdan yuqori saviyada o‘tkazish uchun katta hajmda ish olib borilgani ko‘rinib turibdi.

Bugun kechqurun delegasiyamiz tarkibini jahon sport gimnastikasi afsonasi, sportning ushbu turi bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarining yagona 7 karra ishtirokchisi Oksana Chusovitina to‘ldiradi. Boku shahriga yetib borilishi bilan O‘zbekiston delegasiyasi rahbari o‘rinbosarlari Nazirjon Xudaykulov va Xumoyun Ibragimovlar ishchi guruh a’zolari hamda murabbiylar shtabi bilan yig‘ilish o‘tkazishdi.

Unda barcha mas’ul shaxslarga zarur topshiriqlar berildi. O‘zbekiston delegasiyasi uchun Sportchilar shaharchasidan alohida joy ajratildi. Ayni vaqtda Bokuga dunyoning turli burchaklaridan sportchilar yetib kelishmoqda.

IV “Islom birdamlik o‘yinlari”da 57 ta davlatdan 3500 dan ziyod sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda. Eng katta delegasiyalar qatorida musobaqa mezboni Ozarbayjon, shuningdek, Turkiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalarini ko‘rsatib o‘tish mumkin.

O‘zbekiston sharafini nufuzli musobaqada 103 nafar hamyurtlarimiz sportning 15 ta turida himoya qilishadi. Demak, sportchilarimiz boks, taekvondo, dzyudo, karate, o‘q otish, gandbol, tennis, og‘ir atletika, erkin kurash, yunon-rum kurashi, sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, yengil atletika, para-dzyudo va para-atletika sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan bellashuvlarda ishtirok etadilar.

Vakillarimiz orasida birinchi bo‘lib gandbolchi qizlarimiz musobaqadagi ishtiroklarini boshlab berishdi. Bugun Ismoiljon Ahmedov shogirdlari dastlabki uchrashuvni Turkiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazishdi. Ta’kidlab o‘tish lozimki, gandbol bo‘yicha terma jamoamiz asosini 2016 yilda Slovakiya va Rossiyada bo‘lib o‘tgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan qizlarimiz tashkil etishgandi. Afsuski uchrashuvda turkiyalik gandbolchi qizlar tajriba bobida ustunlik qilishdi va bellashuvni o‘z foydalariga hal qilishdi.

Delegasiyamizning asosiy qismi Bokuga 11 may kuni yetib keladi. Sport kurashlari bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari esa Hindistonda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatidagi ishtiroklarini yakunlab 15 may kuni Ozarbayjon poytaxtida delegasiyamiz safini to‘ldirishadi.

12 may kuni soat 21:00 da Bokudagi Olimpiya stadionida IV “Islom birdamlik o‘yinlari”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Shu kundan e’tiboran aksariyat sport turlari bo‘yicha bahslar boshlab yuboriladi. Eslatib o‘tamiz, musobaqa 22 mayga qadar davom etadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:52, 09.05.2017.
O'qildi: 3979 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.