Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Prevyu: «Norin» – «Andijon»

Prevyu: «Norin» – «Andijon»

Baho:
+ | -

Ertaga 14 may yakshanba kuni, birinchi ligada 10-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Turning markaziy o‘yini sifatida e’tibor etilayotgan “Norin” – “Andijon” o‘yiniga bo‘lgan qiziqish. Shu bois odatga ko‘ra, bo‘lajak bahs oldidan ayrim ma’lumotlarni berib o‘tishni lozim topdik.

“Norin” jamoasi uzoq yillik tanaffusdan so‘ng o‘tkan mavsumdan buyon yana birinchi ligadagi ishtirokini davom ettirmoqda. Haqqulobodliklar futbolni juda sevib ardoqlashadi. Har bir uy o‘yinida stadion tribunasi ishqibozlar bilan to‘lishi ham fikrimizga misol bo‘la oladi. Ayniqsa o‘tkan yili ko‘p o‘yinlarda “Shodlik” stadionida anshlag kuzatildi. Joriy mavsum nisbatan jamoaning natijalarida pasayish kuzatilmoqda. Balki bu vaqtinchalik xolatdir.

“Norin”da bosh murabbiy o‘zgardi

Rustam Do‘rmonov yaqinda rahbariyat tomonidan iste’foga chiqarilgach, bosh murabbiylikka Vali Keldiyev qaytarildi. Yodingizda bo‘lsa o‘tkan mavsum “Norin” ushbu murabbiy boshchiligida chempionatni 2-o‘rinda yakunlagandi. Shu bois bo‘lsa kerak, Keldiyevni rahbariyat yana jamoaga qaytarishni lozim topgan. 

“Norin”  va “Andijon” shu kungacha birinchi ligada sira rasman to‘qnash kelmagan. Demak, bu jamoalar ertaga ilk rasmiy uchrashuvini o‘tkazadi. “Andijon” hozirda 22 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. “Norin” aktivida esa 16 ochko mavjud. Egallab turgan o‘rni esa 6 -o‘rin. Ertangi raqibimiz haqida quyida ayrim faktlarni keltirib o‘tamiz.  

“Norin”ning shu kungacha o‘tkazgan o‘yinlariga nazar?

01.04.2017. 1-tur.

“Nurafshon” – “Norin” - 0:1 (0:0).

Nurafshon. 314 tomoshabin.

Hakam: Ravshan Abduvohidov - 8,3

Gol: Bahodir Murtazoyev, 54 (0:1).

04.04.2017. 2-tur.

“Mash’al-2” – “Norin” - 3:1 (1:0).

Muborak. 115 tomoshabin.

Hakam: Asker Najafaliyev – 8.

Gollar: Shahboz Ubaydullayev, 16 (1:0)

Bobur Farhodov, 68 (2:0)

MuniMirmuhsin Yusupov - 70 penalti,  (3:0)

Bahodir Murtazoyev, 89 (3:1)

 

13.04.2017. 3-tur.

“Norin” – “Yozyovon-Lochinlari” - 1:0 (1:0).

Haqqulobod. 2392 tomoshabin.

Hakam: Igor Xudaydatov - 8

Gol: Ja’far Ismoilov - 11 penalti, (1:0)

 

* 4-turda “Norin” dam olgan

 

23.04.2017. 5-tur.

“Norin” – “Orol” - 2:0 (0:0).

Haqqulobod. 922 tomoshabin.

Hakam: Akmal Rahimov - 8,3

Gollar: Bahodir Murtazoyev, 84 (1:0)

Vladislav Nuriyev, 87 (2:0)

 

26.04.2017. 6-tur.

“Norin” – “Xorazm” - 1:1 (0:0).

Haqqulobod. 2230 tomoshabin.

Hakam: Olim To‘ychiboyev - 8,4

Gollar: Timur Bekchanov, 56 (0:1)

Elyor Mo‘ydinov, 62 (1:1)

 

01.05.2017. 7-tur.

“Nasaf-2” – “Norin” - 2:3 (1:2).

Qarshi. 89 tomoshabin.

Hakam: Elyor Tursunov - 8

Gollar:

Shukur Jumaboyev, 9 (0:1)

Ja’far Ismoilov, 33 (0:2)

Jahongir Qurbonboyev, 45+2 (1:2)

Shukur Jumaboyev, 61 (1:3)

Ja’far Ismoilov, 68 (avtogol) (2:3)

 

05.05.2017. 8-tur.

“Surxon” – “Norin” - 2:0 (2:0).

Termiz. 1413 tomoshabin.

Hakam: Ahrol Risqullayev - 8,5

Gollar:

Ulug‘bek Mamanorov, 25 (1:0)

Nizom Norov, 30 (2:0)

 

11.05.2017. 9 tur.

“Norin” – “Istiqlol” - 1:0 (0:0)

Haqqulobod. 521 tomoshabin.

Hakam: Viktor Serazetdinov - 8,2

Gol:

Bahodir Murtazoyev, 65 (1:0)

 

“Norin” safida kimlar gol urmoqda?

“Norin” jamoasi hisobida 9-turdan so‘ng 10ta gol bor. Xo‘sh, jamoa safida qaysi futbolchilar sermahsullik ko‘rsatmoqda. Bu ham albatta sizlarni bee’tibor qoldirmasa kerak. Darvoqe, haqqulobdliklar shu kungacha o‘tkazilgan o‘yinlarda o‘z darvozasidan 8ta to‘p o‘tkazib yuborganini ham aytib o‘tish lozim.

 

1. Bahodir Murtazoyev – 4ta. 

2. Shukur Jumaboyev – 2ta.

3. Ja’far Ismoilov  – 2ta.

4. Elyor Mo‘ydinov  – 1ta.

5. Vladislav Nuriyev  – 1ta.

 

Shukur Jumaboyev ertangi bahsda maydonga tusha olmaydi?

O‘z vaqtida “Andijon” safida o‘ynagan Shukur Jumaboyevni ishqibozlar yaxshi bilsa kerak. Joriy yil “Norin” tarkibida qo‘nim topgan Jumaboyev ertangi bahsni muxlislar qatorida kuzatadi. Boisi Shukur birinchi liganing 8-turida “Surxon”ga qarshi bahsda hakam tomonidan qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Shundan so‘ng uni PFL tartib-intizom qo‘mitasi ikkita uchrashuvga chetlatgandi.

 

Uchrashuv hakamlari bilan tanishing

Ertangi o‘yinni toshkentlik Vadim Agishev boshqarib boradigan bo‘ldi. Oliy liga bahslarida ham hakamlik qilib kelayotgan Vadim Malikovichga qanotlarda farg‘onalik Ravshan Kopadze bilan Shoxruh A’zamov yordam beradi.

Nazoratchi hakam esa Uchko‘prik tumanidan Erkin Oripovdir.

 

“Norin” jamoasining 2017 yil PFL ro‘yxatidan o‘tkazgan futbolchilari quyidagilar

 

Darvozabonlar:

Artur Parvanov (08.05.1982)

Umid Yorbekov (23.09.1991)

Muhriddin Ahmedov (25.09.1996)

 

Himoyachilar:

Farruh Nurliboyev (06.01.1991)

Sarvarbek Safarov (24.09.1991)

Javlon Iskandarov (11.12.1991)

Murodjon Tuychiboyev (30.08.1992)

Ja’far Ismailov (19.09.1995)

Aziz Mamazoitov (28.11.1995)

Asilbek No‘’monov (20.05.1999)

 

Yarim himoyachilar:

Rustam A’zamov (15.12.1985)

Shukur Jumaboyev (08.03.1989)

Akmali Rahimzoda (02.01.1992)

Eldor Ergashev (22.12.1992)

Islom Ismoilov (02.01.1993)

Dostonbek Ibragimov (09.10.1996)

Ilhom Tojiboyev (08.09.1996)

Shokirjon Yoqubjonov (22.12.1997)

Muhamadjon Husanov (20.05.1998)

Komiljon Tojiddinov (19.08.1999)

Shahboz Botirov (07.02.1999)

 

Hujumchilar:

Bahodir Murtazoyev (31.07.1987)

Elyor Akbarov (28.07.1990)

Elyor Mo‘ydinov (23.05.1995)

Vladislav Nuriyev (20.02.1996)

 

Murabbiy: Rustam Do‘rmonov (28.01.1969)

 

Eslatib o‘tamiz ertangi o‘yin Haqqulobod tumanidagi “Shodlik” stadionida soat 17:30da boshlanadi.

 

Shuningdek ertaga quyidagi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi

10-tur

14 may (yakshanba)

“Nurafshon” – “Yangiyer”

“Mash’al-2” – “NBU-Osiyo”

“Sementchi” – “G‘allakor”

“UzDongJu” – “Zomin”

“Norin” – “Andijon”

“Yozyovon-Lochinlari” – “Istiqlol”

“Orol” – “Surxon”

“Xorazm” – “Nasaf-2”

“Xotira-79” – “Lokomotiv-BFK”

“Andijon” matbuot xizmati

Manba: www.fcandijon.uz
Kiritildi: 16:16, 13.05.2017.
O'qildi: 3317 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.