Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya - Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR - Eron
14/11 19:00 Bahrayn - Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt - Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon - Falastin
14/11 21:15 Iroq - Iordaniya
14/11 21:15 Qatar - O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA - Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela - Braziliya
15/11 04:30 Paragvay - Argentina
15/11 05:00 Ekvador - Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Ronaldu uchun nomzod yohud «Real» 61 million yevroni kim va nima uchun to‘laydi?

Ronaldu uchun nomzod yohud «Real» 61 million yevroni kim va nima uchun to‘laydi?

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi yana aqldan ozishda davom etmoqda. Playstation o‘ynash va varrak uchirishni hush ko‘ruvchi 16 yoshli braziliyalik bolakay shu haftaning eng asosiy  yangiliki bo‘ldi. Go‘yoki Vinisius Juniorni Chempionlar ligasining yarim final uchrashuvlaridan ham ko‘proq muhokama qilishmoqda.

“Real” uning uchun sobiq klubi “Flamengo”ga 45 million yevro to‘laydi, bundan tashqari 16 million Vinisiusning bankdagi hisob raqamiga borib tushadi. Agan, bunga qo‘shimcha bonuslar ham qo‘shib hisoblanadigan bo‘lsa raqamlar 70 millionga aylanadi.

“Real” “Flamengo”ning asosiy tarkibi bilan kuni-kecha mashg‘ulot o‘tkazgan, katta o‘yinlarda birorta marta maydonga tushmagan bolakay uchun 61 million yevro to‘ladi. Ya’ni uning transfer qiymati “Real”ga Benzema, Modrich va Kroosdan ham qimmatroqqa tushdi. Ha, “qirollik klubi” uchun bu pullar cho‘t emas, ammo jamoa rahbariyati bir nimani bilmasa bekorga pul sarflaydiganlardan emas.

Rahbar pulni tejagani va to‘g‘ri ishlatish uchun buyrug‘ bergani uchun rahbar hisoblanadi. Ho‘sh, endi navbat Braziliyaning oddiy bir jamoasidan chiqqan Vinisius Junior haqida fikr yuritamiz.

O‘YIN USLUBI

Vinisiusning faoliyati avval oddiygina San-Gonsaluda boshlanda. Plyaj hamda mini-futbol zallarida mashg‘ulot o‘tkazadigan Junior “Flamengo” akademiyasiga erta tashrif buyuradi va o‘zidan kattalar bilan shug‘ullanishga majbur bo‘ladi.

Yevropalik skautlar uni so‘nggi ikki yilda to‘liq kuzatib yurishdi. 15 yoshida o‘zining yorqin chiqishlari bilan porladi. Sudamerikano U-15 (yoshlar o‘rtasidagi Amerika kubogi) musobaqasida olti uchrashuvda maydonga tushgan futbolchi shuncha gol urib, ustiga – ustak chempionlik unvonini ham o‘ziniki qildi.

Bundan ikki oy avval esa Junior ikkilanayotgan skautlarni umuman hayratdan lol qoldirdi. Janubiy Amerika Chempionati (U-17) chinakamiga Braziliya terma jamoasi uchun ataldi desak xato qilmagan bo‘lamiz. Vinisius musobaqada 7 ta to‘p kiritib, musobaqaning to‘purar hamda eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

Vinisius tengqurlari orasida barcha jabhalarda ajralib turadi – tezlik, kuch, aniqlik, zarba kuchi. Vinisius shunchalik kuchliki, u bilan to‘qnash kelganlar bilyard shari singari qaytib ketishadi.

Ammo Vinisius yuqori darajaga chiqqanida ayrim supervunderkindlar singari yo‘qolib qolishi ehtimoli ham yo‘q emas. “Manchester Siti” hujumchisi Gabriyel Jesus uning yoshida ancha rangbarang, yorqin va samaraliroq o‘yin ko‘rsatgandi.

XARAKTER

Juniorning xarakterida haqiqiy braziliyalik, karnaval va plyajda o‘sgan jihatlarni kuzatish mumkin. Ikki yil oldin 15 yoshli Vinisius klub bilan shartnomasi borasida muammolarga uchradi. Ya’ni Juniordan iste’dodli o‘smir futbolchilar uchun taklif etiladigan standart shartnomaga imzo qo‘yishlarini so‘rashdi.

Futbolchi esa bunga rad javobini berdi. Shundan so‘ng klub rahbari unga yirikroq miqdordagi shartnomani taklif etdi. Vinisius yana rad javobini berdi. Axiri “Flamengo” futbolchi bilan shartnomani uchinchi urinishda imzolashga erishgan. Vinisius klubni o‘zi uchun katta miqdorda pul to‘lashga majbur qila olgan.

Vinisius “Barselona” a’zosi bo‘lishi ham mumkin edi. Kataloniyaliklar yanvarda Vinisius va “Flamengo” bilan muzokara olib bordi. Klub prezidenti Bartomeu yosh iqtidor uchun 30 million to‘lashga tayyorligini bildirdi. Junior “Barselona B” jamoasida faoliyatini boshlash taraddudini ko‘rishga ham ulgurgandi.

Lekin “Real” birdan paydo bo‘ldi va barchasini o‘zgartirib yubordi. Florentino Peres 15 million ustama puli to‘lash bilan “Flamengo” rahbariyatining eng yaxshi do‘stlaridan biriga aylanib oldi. “Qari tullak” Vinisius,  ota-onasi hamda agentiga 16 million yevro berishni va’da qildi.

16 MILLION. ENDI RONALDU MESSIDAN YAXSHI!

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:51, 14.05.2017.
O'qildi: 25306 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.