Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Boku-2017 oltinchi kunida bitta oltin, ikkita kumush va to‘rtta bronza qo‘lga kiritildi

Boku-2017 oltinchi kunida bitta oltin, ikkita kumush va to‘rtta bronza qo‘lga kiritildi

Baho:
+ | -

17 may kuni Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilayotgan «Islom birdamligi sport o‘yinlari»ning oltinchi kungi musobaqalarida O‘zbekiston delegasiyasi bir qancha medallarni qo‘lga kiritdi.

Og‘ir atletika sport turida, 105 kilogrammgacha vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Ivan Yefremov uchinchi natijani (380) qayd etdi va bronza medali bilan taqdirlandi. Turnirning oltin va kumush medallari mos ravishda eronlik va iroqlik sportchilar Baroriy Muhammadrizo (395) hamda Salvon Alayfuriyga (391) nasib etdi.

105 kilogramdan ortiq vazn toifasida Rustam Jangabayev dast va siltab ko‘tarishda eng yaxshi natijani ko‘rsatib (431), oltin medalga sazovor bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni eronlik Humoyun Teymuryan (414) va Ramin Rabifaradonbeh (399) egalladi.

Yengil atletika paralimpiyachilari o‘rtasida 100 m masofaga yugurishda ishtirok etgan Mansur Abdurashidov marraga ikkinchi bo‘lib keldi va kumush medal sohibiga aylandi.

Yunon-rum kurashida, 98 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Rustam Assakalov musobaqaning bronza medalni qo‘lga kiritdi. U pokistonlik raqibi Razani 9 soniyada mag‘lub etdi. 59 kg vaznda Islombek Bahromov finalda Qirg‘iziston vakili Kanibek Jolchubekovga yutqazdi va kumush medal bilan kifoyalandi.

Taekvondo WTF sport turida, 67 kg vazn toifasidagi Nigora Tursunqulova birinchi bahsda pokistonlik Asiya Batulni yengdi, ammo final uchun bahsda ozarboyjonlik Farida Azizovaga 0:3 hisobida yutqazdi va bronza bilan kifoyalanadigan bo‘ldi.

80 kg vazn toifasida Maksim Rafalovich bronza medalini qo‘lga kiritdi. U birinchi bahsda qatarlik Ali Alarminiyni yenggandi, yarim final bahsida turkiyalik sportchi Yunus Sariga 5:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Ayni vaqtda O‘zbekiston delegasiyasi jamg‘argan jami medallar soni 41ta (8ta oltin, 11ta kumush, 22ta bronza). O‘zbekiston 34 davlat ishtirok etayotgan turnirda medallar hisobi bo‘yicha Turkiya, Ozarboyjon va Erondan keyin to‘rtinchi o‘rinda. Turnirda qatnashayotgan terma jamoalarning 29tasi kamida bitta medal olgan.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 22:54, 17.05.2017.
O'qildi: 7516 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.