Yoshlar ligasining 12-turida “Metallurg” o‘z maydonida «Nasaf» bilan kuch sinashdi.
Zafar Xolmurodov bugungi uchrashuvda «Nasaf»ning bir qancha futbolchilari xizmatidan foydalana olmadi. Bunga asosiy sabab, ko‘pgina yoshlar Jizzax shahrida bo‘lib o‘tadigan “Barkamol avlod” sport o‘yinlarida Qashqadaryo viloyati terma jamoasi tarkibiga jalb etilgan.
Albatta bu futbolchilarning o‘rni bugungi uchrashuvda bilinib turdi.
O‘yin mezbonlarning ustunligida boshlangan bo‘lsada, mehmonlar tezda o‘yindagi muvozanatni tenglashtirishga erishdi. Ammo maydon eglarining tashkil qilgan hujumlari xavfli ko‘rinish oldi. O‘z o‘rnida mehmonlar ham gol urish uchun vaziyatlarni yarata olishdi. Ammo bu imkoniyatlardan foydalana olishmadi.
Uchrashuvning 33-daqiqasida maydon egalari bir kishi kam bo‘lib qolishdi. Ulardan bir futbolchi chetlatildi.
Birinchi bo‘limning 42-daqiqasiga kelib, “Metallurg” yoshlari hisobda oldinga o‘tib olishdi – 1:0. Zuhrillo Boboyev gol muallifi bo‘ldi. Birinchi bo‘limning qo‘shib berilgan daqiqasida mehmonlarda gol urish uchun yana bir qulay imkoniyat paydo bo‘ldi. Ammo Akmaljon Olimov raqib darvozasini ishg‘ol qila olmadi.
Ikkinchi bo‘limda mehmonlar ancha faol harakat qilishdi. Ular yana gol urish imkoniyatlar yarata olishdi va yana shu holat, vaziyatlarni golga aylantira olmaslik.
69-daqiqada Jo‘rabek Mannonov maydondan chetlatildi. U “Metallurg” jamoasi o‘yinchisini jarima maydoni chizig‘ida to‘xtatib qolgan edi. Bunda maydon egalari jarima to‘pi tepish huquqini olishdi. Jarimani Doniyor Ismoilov chiroyli tarzda ijro etdi va hisobni 2:0 ko‘rinishga o‘zgardi.
Bu hisobdan keyin maydonda ochiq futbol davom etdi. Bu orqali har ikkala jamoa golli vaziyatlarga ega bo‘lishdi. Ammo darvozalarga boshqa gol urilmadi.
Yoshlar ligasi, 12-tur
“Metallurg” (Bekobod) – “Nasaf” (Qarshi) 2:0 (1:0)
25.05.2017. “Metallurg” stadioni. 17:30da
Gollar: Zuhrillo Boboyev, 42’-1:0, Doniyor Ismoilov, 71’-2:0.
Hakamlar: Igor Gormashev (Toshkent), Oybek Umarov, Abdullo Saidov, Sergey Serazov (Toshkent vil.).
Nazoratchi: Igor Nexochin (Namangan).
“Metallurg”: 25.Timurbek To‘ychiyev, 3.Asomiddin Abdurahmonov, 7.Ulug‘bek Xudoyorov (s), 15.Zuhrillo Boboyev, 17.Umid Rahimov (77.Zokirjon Axmatjonov 68), 19.Abrorbek Toshqo‘ziyev (88.A’zamjon Solijonov 61), 20.Xudoyshukur Sattarov, 21.Farhod Namozov, 22.Muhammadjon Sultanov, 46.Vusol Mageramov, 55.Doniyor Ismoliov.
Zaxira: 35.Akobir Qayumov, 5.Jasurbek Xojimatov, 6.Kamoliddin Abdusalomov, 8.Jamshid Nurmatov, 11.Asliddin Mirboboyev.
“Nasaf”: 30.Muzaffar Sharipov (s), 4.Jo‘rabek Mannonov, 7.Akmaljon Olimov, 9.Dilshod Xushbakov (38.Doniyorjon Narzullayev 46), 13.Muhriddin Zoirov, 14.Jahongir Qurbonboyev (6.Abubakr Rizo Turdaliyev 88), 22.Alijon Axmatov, 32.Jasur Jumayev, 33.SHoxruh Ne’matov, 34.Nurbek Botirov (20.Anvar Husanov 51), 43.Alfayzi Ne’matov.
Zaxira: 39.SHaxzodbek Suyunov.
Ogohlantirish: Muhammadjon Sultanov 55, Farhod Namozov 81 – Jahongir Qurbonboyev 22, Nurbek Botirov 36, Doniyorjon Narzullayev 81.
Chetlatish: Vusol Mageramov 33 – Jo‘rabek Mannonov 69.