Barcha qit’alarda bo‘lgani kabi Yevropada ham JCH-2018 saralash bosqichi uchrashuvlari o‘tkazilib, unda bir-biridan qiziqarli hisoblar qayd etildi. Biz navbatdagi turda bo‘lib o‘tgan o‘yinlarga nazar tashlab, ayrim e’tiborga molik statistikalar guvohiga aylandik va ushbu raqamlar bilan sizlarni ham tanishtirishga jazm etdik.
Bir bahs faktlari
Germaniya termasining San-Marinoga qarshi uchrashuvi (7:0) bir qator faktlarga boy bo‘ldi. Xususan:
- nemislar 6ta turda 27ta to‘p kiritishdi. Bu JCH-2014 saralash bosqichi bilan solishtirganda 5ta golga ko‘p;
- Mazkur bahsda «bundestim» safida 1960 yildan buyon ilk marta 11ta klub vakillari qatnashishdi;
- 1985 yildan buyon ilk marta 3 nafar futbolchi o‘z debyut o‘yinida gol muallifiga aylanishdi.
Texnik ko‘rsatkichlar
To‘purarlar: 11 - Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, 1), Robert Levandovski (Polsha, 5); 6 - Andre Silva (Portugaliya), Stevan Yovetich (CHernogoriya), Romelu Lukaku (Belgiya); 5 - Chiro Immobile (Italiya), Diyego Kosta (Ispaniya), Aleksandar Mitrovich (Serbiya), Tomas Myuller (Germaniya); 4 - Andrea Belotti (Italiya), Garet Beyl (Uels, 1), Vitolo (Ispaniya), Orelyen Joashim (Lyuksemburg, 1), Mario Manjukich (Xorvatiya), Dris Mertens (Belgiya), Iliya Nestorovski (Makedoniya), David Silva (Ispaniya), Adam Soloi (Vengriya), Dushan Tadich (Serbiya, 2), Kristian Eriksen (Daniya, 2).
Eng yaxshi assistentlar: 7 - Dushan Tadich (Serbiya), 6 - Joshua Kimmix (Germaniya), Miralem Pyanich (Bosniya va Gersegovina), 5 - Dris Mertens (Belgiya).
Avtogollar: Darko Velkoski (Makedoniya), Kevin Vimmer (Avstriya), Kamil Glik (Polsha), Peter Yele (Lixtenshteyn), Ragnar Klavan (Estoniya), Grayr Mkoyan (Armaniston), Amir Rahmoni (Kosovo), Davide Simonchini (San-Marino), Mattiya Stefanelli (San-Marino), Emir Spaxich (Bosniya), Skott Uayzmen (Gibraltar), Emer Toprak (Turkiya), Roy Chipolina (Gibraltar).
«Seyv»lar bo‘yicha yetakchilar: 40 - Alvide Simonchini (San-Marino), 39 - Peter Yele (Lixtenshteyn), 31 - Arsen Beglaryan (Armaniston).
Darvoza tomon yo‘llangan aniq zarbalar soni bo‘yicha: 22 - Krishtianu Ronaldu (Portugaliya), 14 - Eran Zaxavi (Isroil), 13 - Robert Levandovski (Polsha), Antuan Grizmann (Fransiya), 12 - Tomas Myuller (Germaniya), Edin Jeko (Bosniya va G.).
Darvoza tomon yo‘llangan noaniq zarbalar soni bo‘yicha: 16 - Krishtianu Ronaldu (Portugaliya), 14 - Yosip Ilichich (Sloveniya), 13 - Garet Beyl (Uels), 12 - David Alaba (Avstriya).
«Pas»lar soni bo‘yicha: 476 - Serxio Buskets (Ispaniya), 456 - David Silva (Ispaniya), 438 - Joshua Kimmix (Germaniya), 429 - Aksel Vitsel (Belgiya), 422 - Yan Vertongen (Belgiya).
Ogohlantirishlar: Jami 578ta sariq kartochka ko‘rsatilgan. 4 - Xordi Rubio (Andorra), Matteo Vitayoli (San-Marino), Kevin Malje (Lyuksemburg), Martin Shkrtel (Slovakiya).
Chetlatishlar: 2 - Jonatan Karuana (Malta), 1 - 30 nafar futbolchi
Eng ko‘p gol urgan jamoalar: 27 - Germaniya, 24 - Belgiya, 22 - Portugaliya, 21 - Ispaniya.
Eng kam gol urgan jamoalar: 1 - San-Marino, Lixtenshteyn.
Eng ko‘p hujum uyushtirgan jamoalar: 152 - Portugaliya, 139 - Germaniya, 131 - Belgiya, 115- Italiya, 106 - Gollandiya.
Eng ko‘p sariq kartochka ishlagan jamoalar: 23 - Andorra, 21 - Lyuksemburg, 19 - Bosniya va G., Qozog‘iston.
Eng kam sariq kartochka ishlagan jamoalar: 3 - Germaniya, Xorvatiya, 4 - Shotlandiya.
Eng ko‘p qizil kartochka ishlagan jamoalar: 4 - Malta, 3 - Gresiya. 34ta termada chetlatish kuzatilmagan.
Eng ko‘p qo‘pollik ishlatgan jamoalar: 114 - Moldova, 111 - Andorra, 105 - Lyuksemburg, 102 - Qozog‘iston, 100 - Belarus.
Eng ko‘p qo‘pollik sodir etgan futbolchilar: 18 - Li Genri Kasharo (Gibraltar), 16 - Arturas Julpa (Litva), 15 - Aleksandru Gaskan (Moldova), Mario Mutch (Lyuksemburg).
Qo‘polliklardan eng ko‘p jabr chekkan futbolchilar: 24 - Robert Levandovski (Polsha), Dmitriy Nazarov (Ozarbayjon), 21 - Yosip Ilichich (Sloveniya), 20 - Andre Shembri (Malta).
Amalga oshirilgan penaltilar soni: 34ta
Amalga oshirilmagan penaltilar soni: 9ta
Eng ko‘p qo‘pollik sodir etilgan bahs: 2016 yil 6 sentyabr, Andorra - Latviya, 47ta qo‘pollik, 8ta sariq kartochka.
Eng kam qo‘pollik sodir etilgan bahs: 2016 yil 11 oktyabr, Germaniya - SH.Irlandiya, 6ta qo‘pollik, 1ta sariq kartochka.
Darvoza tomon eng ko‘p zarba berilgan o‘yin: 2016 yil 7 oktyabr, Portugaliya - Andorra, 42ta zarba (16ta aniq, 13ta noaniq, 13ta zarba qaytarilgan).
Darvoza tomon eng kam zarba berilgan o‘yin: 2016 yil 9 oktyabr, Finlyandiya - Xorvatiya, 12ta zarba (5ta aniq, 2ta noaniq, 5ta zarba qaytarilgan).
Zaxira o‘rindig‘i vakillari urgan gollar bo‘yicha:
5 - Ispaniya (Alvaro Morata (2), Nolito, Aris Aduris, Isko)
4 - Italiya (CHiro Immobile, Eder, Federiko Bernardeski, Manolo Gabbyadini)
3 - Gollandiya (Memfis Depay (2), Kvinsi Promes)
2 - Angliya (Jeymi Vardi, Aleks Oksleyd-CHemberlen), Gruziya (Georgiy Merebashvili, Valeriy Kazaishvili), Daniya (YUssuf Poulsen, Kasper Dolberg), Norvegiya (Adama Dyomande, Martin Samuelsen), Sloveniya (Rok Kronaveter, Milivoye Novakovich), Ukraina (Ruslan Rotan, Artyom Besedin), Xorvatiya (Matey Mitrovich, Nikola Kalinich), Shveysariya (Valentin Shtoker, Yosip Drmich), SH.Irlandiya (Kayl Lafferti, 2), Shotlandiya (Stiven Fletcher, Jeyms Makartur)
1 - Avstriya (Martin Xarnik), Albaniya (Bekim Balay), Andorra (Aleshandro Martines), Armaniston (Aras Ozbiliz), Belarus (Pavel Saviskiy), Bolgariya (Aleksandar Tonev), Germaniya (Kevin Folland), Irlandiya (Deril Merfi), Isroil (Eliran Atar), Latviya (Artur Zyuzin), Lyuksemburg (Florian Bonert), Portugaliya (Joau Moutinyu), Ruminiya (Adrian Popa), Serbiya (Miyat Gachinovich), Finlyandiya (Yoel Poxyanpalo), Shvesiya (Isaak Kize-Telin), Shotlandiya (Kris Martin), Estoniya (Sergey Moshnikov)
Gollar xronometraji
Daqiqalar Gollar
1-15 62
16-30 71
31-45 80
qo‘shimcha vaqt (1-bo‘lim) 7
46-60 73
61-75 71
76-90 89
qo‘shimcha vaqt (2-bo‘lim) 29
Jami 482
Izoh. Mazkur ko‘rsatkichlar 2017 yil 12 iyun holatiga ko‘ra keltirilgan.
TUR QAHRAMONI
Chernogoriyalik hujumchi Stevan Yovetich 2017 yil 10 iyun kuni professional faoliyatidagi 334-o‘yinini (Armaniston termasiga qarshi) o‘tkazdi. Bu uchrashuvlarning 46tasini milliy jamoasi formasida o‘tkazgan. U Chernogoriya termasida jami 23ta gol urib, to‘purarlar reytingini boshqarib bormoqda. Armanistonga qarshi bahsda qayd etilgan «xet-trik» (gollarning ikkitasi jarima zarbasidan urilgan) chernogoriyaliklarni mundial yo‘llanmasi uchun kurashga qaytardi. Stevan yoshligidan Mirko Vuchinich va Andrey Shevchenkoning o‘yinlariga ishqiboz bo‘lgan.
Rekordlar, faktlar, raQamlar...
2 - Andorraning 2017 yil 9 iyun sanasida Vengriya ustidan qozongan g‘alabasi (1:0) ushbu terma jamoa tarixidagi ikkinchisidir. 2004 yil 13 oktyabrda Makedoniya mag‘lub etilgach, ushbu terma 66ta o‘yinni g‘alabasiz (3 durang, 63 mag‘lubiyat) o‘tkazdi.
2 - 2015 yilda Toshkentning «Lokomotiv» klubida o‘ynagan, ayni payt Xabarovskning SKA klubida to‘p surayotgan hujumchi Ruslan Koryan Armaniston termasi safida rasmiy o‘yinlarda ilk marta to‘p kiritdi. U milliy jamoa uchun ilk golini shu yilning 4 iyun sanasida Sent-Kitts va Nevisga qarshi bahsda (5:0) urgandi.
3 - Gibraltar terma jamoasi safida ayni payt 3 aka-uka Kasharolar (Li Genri, Rayan va Kayl) o‘ynashyapti.
3 - Italiya terma jamoasining zaxiradan tushgan 3 futbolchisi (Eder, Federiko Bernardeski, Manolo Gabbyadini) ham gol urishdi. Bunaqasi joriy saralashda ilk marta uchrayapti.
6 - Norvegiya termasi Chexiya bilan qayd etilgan durangdan so‘ng jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l olish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Unga sherik jamoalarning soni 5ta: Farer orollari, Latviya, Andorra, Qozog‘iston, Gibraltar.
11 - Polsha terma jamoasi forvardi Robert Levandovski so‘nggi 11ta saralash o‘yinida gol urgan.
31 - Ayni paytga kelib Yevropa qit’asi bo‘ylab saralash bahslarining har 31-soniyasida gol urilmoqda.
131 - Uesli Sneyder Lyuksemburga qarshi bahsda Gollandiya termasi safida 131-marta maydonga tushib, jamoa gvardiyachilari reytingida 1-o‘ringa chiqib oldi. Shu kuni u o‘zining 33 yoshini nishonladi. Sneyder 2007 yildan beri terma jamoada muntazam gol urib keladi. Ma’lumot uchun, 2003 yil 30 aprelda Portugaliyaga qarshi maydonga tushganda Uesli endigina 18 yoshga to‘lgan va bu bilan u terma jamoa safida maydonga tushgan eng yosh futbolchilar orasida 8-o‘rinni band etgandi.
1018 - Yevro-2016 va JCH-2018 saralash raundini birgalikda qo‘shib hisoblanganda, Angliya terma jamoasi posboni Jo Xartning «quruq« seriyasi 1018 daqiqa davom etdi. Ma’lumot uchun, u rasmiy o‘yinlarda so‘nggi marta 2014 yil 25 noyabrda Angliya - Sloveniya bahsining (3:1) 58-daqiqasida gol o‘tkazib yuborgan edi.