Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Janubiy Koreyada Taekvondo WTF bo‘yicha jahon chempionati start oladi

Janubiy Koreyada Taekvondo WTF bo‘yicha jahon chempionati start oladi

Baho:
+ | -

24-30 iyun kunlari Janubiy Koreyaning Muju shahrida taekvondo WTF bo‘yicha XXIII jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 11 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. 21 iyun sanasida terma jamoamiz a’zolari jahon chempionatida ishtirok etish uchun Janubiy Koreyaga jo‘nab ketishdi. Ta’kidlash lozimki, terma jamoamiz bosh murabbiyi Akmal Irgashev tarkibga bugungi kundagi eng kuchli sportchilarni kiritdi. Ular orasida jahon chempioni Dmitriy Shokin, jahon chempionati sovrindori Nikita Rafalovich kabi dayan ustalari bor.

Har ikki yilda bir marta tashkil etiladigan jahon chempionatining bundan avvalgisi 2015 yilning 12-18 may kunlari Rossiyaning Chelyabinsk shahrida o‘tkazilgandi. O‘shanda Dmitriy Shokin +87 kg. vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etib, jahon chempionligini tantana qilgan bo‘lsa, -74 kg. va -87 kg. vazn toifalarida mos ravishda Nikita Rafalovich va Jasur Boyqo‘ziyevlar jahon chempionatining kumush medallariga sazovor bo‘lishgandi. Yakunda O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin va 2 ta kumush medallari bilan jahon chempionatini Janubiy Koreya, Eron va Turkiya terma jamoalaridan so‘ng kuchli to‘rtlikda yakunlagandi.

E’tiborlisi, Chelyabinskda sovrindorlar safidan o‘rin olgan uchchala sportchimiz ham terma jamoamiz tarkibida Janubiy Koreyaga jo‘nab ketishdi. Nikita Rafalovich va Dmitriy Shokin o‘z vazn toifalarida dayanga chiqishsa, Jasur Boyqo‘ziyev bu safar katta murabbiy sifatida o‘zini sinab ko‘radi va terma jamoamiz bosh murabbiyi Akmal Irgashevga yaqindan yordam beradi.

Taekvondochilarimiz XXIII jahon chempionatiga anchagina puxta hozirlik ko‘rishdi. Bu borada ularga yaqindagina Boku shahrida bo‘lib o‘tgan IV “Islom birdamlik o‘yinlari” ham tayyorgarlik bosqichi vazifasini o‘tab berdi. Kaspiy bo‘yida tashkil etilgan musobaqada to‘qqiz nafar sportchi bilan ishtirok etgan taekvondochilarimiz yakunda 7 ta medalga ega qichishdi. Niyoz Po‘latov (-58 kg.) va Nikita Rafalovich (-74 kg.) oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsalar, Dmitriy Shokin (+87 kg.) va Umida Abdullayeva (-62 kg.) kumush medal bilan taqdirlanishdi. Nigora Tursunkulova ( -67 kg.), Maksim Rafalovich (- 80 kg.) va Svetlana Osipova (+73 kg) lar esa delegasiyamiz hisobiga bronza medallarini qo‘shib qo‘yishdi.

Ozarbayjon poytaxtida sovrindor bo‘lgan yettita sportchimizdan beshtasi terma jamoamiz tarkibida Janubiy Koreyadagi nufuzli musobaqada ham ishtirok etishadi. Umuman esa XXIII jahon chempionatida yurtimiz sharafini quyidagi sportchilarimiz himoya qilishadi:

-54 kg: Suhrob Bobobekov

-58 kg: Timur O‘rolov

-63 kg: Sardor Toirov

-68 kg: Zuhriddin Xoniqulov

-74 kg: Nikita Rafalovich

-80 kg: Maksim Rafalovich

-87 kg: Davron Azimov

+87 kg: Dmitriy Shokin

-53 kg: Dinara Mamadibragimova

-62 kg: Umida Abdullayeva

-67 kg: Nigora Tursunqulova

Terma jamoa bosh murabbiyi: Akmal Irgashev

Katta murabbiy: Jasur Boyqo‘ziyev

Biz o‘zbekistonlik taekvondochilarga jahon chempionatida omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz va albatta yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytishlarini kutamiz.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 11:05, 23.06.2017.
O'qildi: 3034 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.