Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese 0-0 Verona
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut

Van Deyk «Sauthempton»dan «Liverpul» klubiga qo‘yib yuborishni talab qilmoqda

Van Deyk «Sauthempton»dan «Liverpul» klubiga qo‘yib yuborishni talab qilmoqda

Baho:
+ | -

«Sauthempton» himoyachisi Virgil van Deyk jamoani tark etish niyatida turibdi.

Futbolchi klub rahbarlariga Angliyaning boshqa bir jamoasi «Liverpul» tarkibiga o‘tmoqchi ekanini ma’lum qilgan, deb xabar beradi Liverpool Echo. 26 yoshli gollandiyalik Yurgen Klopp bilan birga ishlashni istamoqda.

«Sauthempton» futbolchi bilan xayrlashishga qarshi emas, ammo faqat 75 million funt evaziga.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «avliyolar» «Liverpul» klubi ustida APL rahbariyatiga shikoyat qilgan edi. Ularning fikriga ko‘ra, «qizillar» jamoa rahbariyatiga bildirmasdan van Deyk bilan muzokara o‘tkazgan. Shundan so‘ng, mersisaydliklar uzr so‘rab, van Deykni sotib olish fikridan qaytganini bildirgandi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 21:31, 09.07.2017.
O'qildi: 4594 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.