Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Lutfulla To‘rayev: «Malayziyaga qaytish niyatim yo‘q emas»

Lutfulla To‘rayev: «Malayziyaga qaytish niyatim yo‘q emas»

Baho:
+ | -

Malayziya chempionatida faoliyat yuritgan yarimhimoyachi Lutfulla To‘rayev va hujumchi Farhod Tojiyev ikkinchi davrada «Olmaliq» sharafini himoya qilishadi.

Har ikki futbolchi jamoaning Minskda davom etayotgan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotiga qo‘shilishgan. E’tiborlisi, Tojiyev 2016 yilning birinchi davrasini «Olmaliq»da o‘tkazgan, To‘rayev esa o‘z vaqtida Kumikov qo‘l ostida «Nasaf» sharafini himoya qilgandi.

Viktor Kumikov ayni payt aynan olmaliqliklar ustozi hisoblanadi. Biz Minsk shahrida bo‘lib turgan Lutfulla To‘rayev bilan bog‘lanib, undan intervyu oldik.

- Lutfulla, Malayziyadan qaytgach, ta’tilni qanday o‘tkazdingiz?

- Ko‘proq oilam va do‘stlarim davrasida bo‘lishga intildim.

- Vatanda qancha muddat bo‘lmadingiz?

- Besh oy. Tabiiyki, tug‘ilib-o‘sgan go‘shani juda sog‘inibman.

- Sirdaryoda o‘zgarishlar qanday?

- O‘zbekistonning barcha viloyatlarida bo‘lgani kabi bu yerda ham katta hajmdagi qurilish va bunyodkorlik ishlari ketyapti.

- Lekin viloyat muxlislari katta futbolni sog‘inishgan. Axir «Guliston» va «Yangiyer» jamoalari oliy ligadan chetda qolishyapti...

- Ha, nimasini aytasiz. Bu shaharlarda o‘yinlar o‘tkaziladigan kun haqiqiy bayramga aylanardi.

- Katta futbolga kirib kelishingizga zamin hozirlagan Yangiyer futbol maktabiga borib turasizmi?

- Albatta. Yetti yil davomida Yangiyer futbol maktabida tahsil olganman. Uyda bo‘lgan paytlarim u yerga borib turaman.

- Ta’til chog‘ida sizda oliy ligamizni kuzatish imkoni paydo bo‘ldi. Qaysi o‘yinlarni bevosita stadiondan tomosha qildingiz?

- «Bunyodkor» va «Lokomotiv» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni ko‘rdim. Taassurotlar yaxshi, o‘yin juda ham qiziqarli kechdi. «Bunyodkor» nomdor raqibini mag‘lub etishni uddaladi.

- Har ikkala jamoada ham o‘ynagansiz. O‘tgan davr bilan taqqoslaganda o‘zgarishlar ko‘zga tashlandimi?

- Hozir «Bunyodkor» tarkibida asosan yoshlar o‘ynashyapti. Yaqinda jamoani Mirjalol Qosimov qabul qilib olgach, bu o‘zgarish o‘z natijasini bera boshladi. «Lokomotiv», «Nasaf», «Qo‘qon-1912» klublari mag‘lub etildi. «Bunyodkor»ning ikkinchi davrada avvalgi mavqeini tiklab olishiga ishonchim komil. «Temiryo‘lchilar» ham yildan-yilga kuchayib borishyapti.

- Siz o‘ynagan payt bilan taqqoslaganda, oliy ligamizda o‘sish bormi?

- Albatta, bor. Jamoalarning turnir jadvalidagi joylashuvi fikrimga isbot bo‘la oladi.

- Malayziya chempionatining birinchi davrasi yakunlandi. U siz o‘ynagan «Terengganu» uchun qanday o‘tdi?

- Birinchi davrani 2-o‘rinda tugatdik. Menimcha, bu yaxshi natija. Boisi, dastlabki ikki pog‘onani egallagan jamoalar oliy divizionga chiqishadi. 30 iyun kuni ikkinchi davra boshlandi. «Terengganu» kutilmaganda o‘z maydonida durang qayd etib, 4-o‘ringa tushib ketdi.

- Jamoa bilan shartnomangiz yakunlandimi?

- Ha, bitim muddati tugadi va O‘zbekistonga qaytdim.

- Kelishuv yarim mavsumga tuzilganmidi?

- Xuddi shunday.

- Bitimni uzaytirish haqida o‘ylab ko‘rmadingizmi?

- Yo‘q, klub yangi shartnoma taklif qilmadi.

- Malayziyaning boshqa bir jamoasida qolish imkoniyati bormidi?

- Ayni payt yo‘q edi, lekin kelasi yili yana Malayziyaga qaytishni maqsad qilganman.

- «Olmaliq» varianti qanday paydo bo‘ldi?

- Malayziya klublaridan tayinli taklif tushmagach, ikkinchi davrani oliy ligamizda o‘tkazishga ahd qildim. Ma’lum muddat sport formamni ushlab turish uchun «Lokomotiv» mashg‘ulotida qatnashdim. E’tiborlisi, ikkinchi davrani «temiryo‘lchilar» safida boshlashim deyarli hal bo‘lib qolgandi, klub mutasaddilari bilan kelishuvga erishgandik. Lekin bu orada «Olmaliq»dan taklif tushdi. Men bu masalani «Lokomotiv» rahbariyati hal qilishi, ularning roziligidan keyingina jamoamni o‘zgartirishim mumkinligini bildirdim.

- «Lokomotiv» varianti yaxshiroq emasmidi? Chempion bo‘lishingiz mumkin edi?

- Chempion bo‘lganman-ku (kuladi)! Ha, yaxshi variant, lekin klub rahbarlari shunday to‘xtamga kelishdi. «Olmaliq» oldiga ham jiddiy vazifalar qo‘yilyapti. Chempionat yakunida ikkinchi o‘rinni egallashimiz shart. Shu tariqa OCHLda qatnashishimiz mumkin.

- Raqam tanladingizmi?

- Menimcha, o‘zim uchun sevimli «13»da o‘ynasam kerak. Omadsiz raqamni kim ham olardi (kuladi)? U deyarli hamma jamoada bo‘sh turadi.

- Malayziyada ikki yildan oshiq vaqt to‘p surdingiz. Umumiy xulosalar qanday?

- Bu chempionatda faoliyat yuritganimdan afsuslanmadim. Nasib qilsa, kelasi yili yana Malayziyaga qaytish niyatim yo‘q emas.

- Faqat moliyaviy manfaat sabab shunday fikr bildiryapsizmi?

- Yo‘q, albatta. Futboli bizdan ko‘ra kuchsizroq bo‘lishi mumkin. Lekin klublarda barcha narsa professional tarzda yo‘lga qo‘yilgan. Muxlislar futbolni juda yaxshi ko‘rishadi. Stadionga kelayotgan tomoshabinlar soni fikrimga isbot bo‘la oladi. O‘yinchilarga ham barcha sharoitlar muhayyo qilingan.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:04, 24.07.2017.
O'qildi: 4210 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.