Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 5-3 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq - Tailand
03/02 15:00 Yaponiya - Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya - Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

Dani Alves Neymarni "PSJ"ga chorladi

Dani Alves Neymarni "PSJ"ga chorladi

Baho:
+ | -

«PSJ» himoyachisi Dani Alves «Barselona» hujumchisi Neymarni parijliklar safiga chorladi.

"Umid qilamanki Neymar «PSJ»ga o‘tadi. Bu uning uchun muhim qaror bo‘ladi. Erkak kishi bunday qaror qabul qilishi lozim. U mening eng yaxshi do‘stlarimdan biri va men ularni yonimda bo‘lishini istayman. O‘z vaqtida men unga «Barselona»ga o‘tishida yordam bergan edim.

Unga klub haqida so‘zlab berganman. Bunday qarorlarni faqat dadil odamlar qabul qiladi. U o‘zi uchun o‘sishda davom etadimi yoki yo‘qmi degan savolga aniqlik kiritib olishi kerak.

Ammo hammasi uning o‘ziga bog‘liq. Agar u «Barselona»da qolishni istasa, qolsin. Boshqa joyga ketgisi kelsa, ketsin. Men shunchaki do‘stim baxtli bo‘lishini istayman.

Ba’zan xudbin bo‘lishga to‘g‘ri keladi. Chunki yaxshi natija qayd eta olmasangiz klub siz haqingizda o‘ylamaydi. Misol uchun o‘zimni olaylik. Shuning uchun ham Neymarga, dadil bo‘l, degan bo‘lardim. Dunyo mardlarga tegishli" - dedi Alves.

Manba: footballhd.ru
Kiritildi: 14:24, 30.07.2017.
O'qildi: 6653 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.