"Barselona" rahbariyati Neymarning 2 avgust kunidan boshlab, jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shilishini kutmoqda.
BBC xabariga ko‘ra, ayni paytda futbolchi turli reklama tadbirlarida ishtirok etish uchun otasi bilan Xitoy safarida bo‘lib turibdi. Biroq, rejaga ko‘ra, u 2 avgust kuni jamoa qarorgohiga qaytishi shart.
Avvalroq, 2 avgust kuni "PSJ" Neymar bilan shartnoma imzolaganini e’lon qilishi haqida xabarlar chiqqan edi.