Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche - Monsa

Bugun UZREPORT TV va FUTBOL TV da UYEFA Superkubogini tomosha qiling

Bugun UZREPORT TV va FUTBOL TV da UYEFA Superkubogini tomosha qiling

Baho:
+1 | -

Bugun UZREPORT TV va FUTBOL TV kanallarida UYEFA Superkubogini jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi. Lekin siz mazkur bahsdan translyasiyani soat 23:00dan boshlab bizning telekanallarda kuzatib borishingiz mumkin.

UYEFA Superkubogi.
"Real" (Madrid, Ispaniya) – "Manchester Yunayted" (Angliya)
8 avgust 2017 yil. Soat 23:45. SkopYE. "Filip II" stadioni.
Taxminiy tarkiblar:
"Real" - Navas, Marselo, Varan, Ramos, Karvaxal, Kroos, Kazemiro, Modrich, Ronaldu, Benzema, Beyl.
"Manchester Yunayted" - De Xea, Blind, Smolling, Nilsson-Lindelef, Matich, Darmian, Pogba, Errera, Valensiya, Mxitaryan, Lukaku.
Diskvalifikasiya: Erik Bayi, Fil Jons (ikkisi ham "Manchester Yunayted")
Jarohat olganlar: Garet Beyl (maydonga tushishi so‘roq ostida) - Eshli Yang, Markos Roxo, Lyuk Shou.

"Real" va "Machester Yunayted" jamoalari rasmiy o‘yiniga ham 4 yildan oshdi. 2013 yil mart oyida madridliklar Chempionlar ligasi doirasida, "Old Trafford" stadionida 2:1 hisobida zafar quchishgan edi. Bu vaqt ichida ikkala jamoada ham katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. "Manchester Yunayted"ning eng omadli murabbiyi Ser Aleks Fergyuson ketgach klubning muvaffaqiyatli yurishi ham to‘xtab qoldi. O‘sha o‘yinda klublar bir xil darajada bo‘lgan bo‘lsa, hozirda "Real" o‘z raqibidan ancha ilgarilab ketgan. Bu vaqt ichida "qirollik klubi" 3 marta Chempionlar ligasida zafar quchib, bir marta Ispaniya chempioni bo‘ldi. Mankunyanliklar esa faqat Yevropa Ligasi sovrini bilan maqtanishlari mumkin xolos.

"Old Trafford" avvalgidek g‘alabalarga chanqoq. Shu sababli ham "qizil iblislar" murabbiylik postiga Joze Mourinyoni taklif etishdi. Qizig‘i 4 yil muqaddam portugaliyalik mutaxassis aynan raqib jamoa tomonida edi. Mourinyo o‘zining sobiq klubini yaqindagina o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida mag‘lubiyatga uchrata oldi. Asosiy vaqtda 1:1 hisobi qayd etilgach, penaltilar seriyasida "Manchester Yunayted" omadliroq chiqib qoldi. Lekin Skopeda (Makedoniya o‘z tarixida ilk bor bunday yirik turnirga mezbonlik qilmoqda) bo‘lib o‘tadigan bahs AQSHdagi o‘yindan katta farq qilishi aniq.

"Real" va "Manchester Yunayted" jamoalari o‘z tarixida 11 marta to‘qnash kelishadi. Mazkur qarama-qarshilik odatda gollarga boy o‘tadi (10ta o‘yin jami 36ta gol). O‘tgan yili mazkur sovrinni "Real" qo‘lga kiritganini inobatga olsak, "Manchester Yunayted"da UYEFA Superkubogini qo‘lga kiritish hohishi ko‘proq bo‘lishini taxmin qilish mumkin.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 13:54, 08.08.2017.
O'qildi: 11208 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик