Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Yevropa ligasi. Guruh bosqichiga qur’a jarayoni haqida

Yevropa ligasi. Guruh bosqichiga qur’a jarayoni haqida

Baho:
+ | -

Yevropa ligasining ushbu mavsumida saralash bosqichi yakuniga yetib, guruh bosqichida ishtirok etadigan barcha jamoalar nomi aniq bo‘ldi. Bugun musobaqaga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Qur’a bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tamiz.

Qachon va qayerda?
Yevropa ligasiga qur’a tashlash marosimi bugun, 25 avgust kuni Monakoda bo‘lib o‘tadi. Marosim Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi.

Savatchalar tarkibi
48ta jamoa qur’a jarayonida 4ta savatchaga ajratiladi.

1-savatcha: «Arsenal», «Zenit», «Lion», «Dinamo» Kiyev, «Vilyarreal», «Atletik», «Lasio», «Milan», «Viktoriya Plzen», «Red Bull Zalsburg», «Kopengagen», «Braga».

2-savatcha: «Styaua», «Ludogores», BATE, «Everton», «Yang Boyz», «Marsel», «Real Sosyedad», «Makkabi» Tel-Aviv, «Lokomotiv», «Austriya», «Gerta», «Nissa».

3-savatcha: «Astana», «Partizan», «Xoffenxaym», «Kyoln», «Riyeka», «Vitoriya Gimaraynsh», «Atalanta», «Zyulte-Varegem», «Zarya» Lugansk, «Rusenborg», «Sherif», «Xapoel» Beer-SHeva.

4-savatcha: «Apollon» Limasol, «Istanbul BB», «Konyaspor», «Vitess», «Slaviya» Praga, «Srvena Zvezda», «Skenderbeu», «Zlin», AYEK Afina, «Lugano», «Vardar», «Estersund».

Qur’a jarayoni
Qur’a jarayonida jamoalar 12ta guruhga bo‘linishadi. Bitta savatchadan o‘rin olgan klublar bir guruhdan o‘rin olishmaydi. Shuningdek, bir mamlakat klublari ham bir guruhga tushmaydi.

Qur’a jarayonida Yevropa ligasi 2016/2017 yilgi mavsumining eng yaxshi futbolchisiga sovrin topshiriladi.

Guruh bosqichi o‘yinlari qachon bo‘lib o‘tadi?

1-tur: 14 sentyabr
2-tur: 28 sentyabr
3-tur: 19 oktyabr
4-tur: 2 noyabr
5-tur: 23 noyabr
6-tur: 7 dekabr

Keyinchi?
Guruhlarda bir va ikkinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar Yevropa ligasining 1/16 final bosqichiga yo‘l oladi. Ular safiga Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichida 3-o‘rinni olgan 8ta klub qo‘shiladi. 1/16 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi 11 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:57, 25.08.2017.
O'qildi: 4324 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.