Kirish Ro'yxatdan o'tish

Shin Te Yong: «O‘zbekistonni albatta mag‘lub etamiz»

Shin Te Yong: «O‘zbekistonni albatta mag‘lub etamiz»

Baho:
+ | -

Bugun Inchon aeroportida koreyslar bosh murabbiyi Shin Te Yong O‘zbekiston safari oldidan koreys matbuotiga fikrlarini bildirdi. Suriyaning ham kurashga qo‘shilganligi koreyslarni xavotirga sola boshlaganligi, bosh murabbiyda tashvish uyg‘otganligi sezildi.

"Qiyin vaziyat vujudga keldi. Lekin ruhiy holatni tushirmasligimiz lozim", — dedi Shin Te Yong. "Eron bilan o‘yinda kamchiliklar bo‘ldi. Biz olg‘a intilishda davom etishimiz kerak. Men vaziyatni borligicha aytishni yoqtiraman. Bahonalar qilish mening uslubim emas. Men O‘zbekiston bilan o‘yinda g‘alaba qozonishimizga ishonyapman".

"Suonsi" a’zosi Ki Song Yongning maydonga tushish imkoniyatlari haqidagi savolga Janubiy Koreya bosh murabbiyi shunday dedi:

"Jismoniy holati ancha yaxshilangan bo‘lsa-da bir kunda sport formasiga kirishi qiyin. Maydonga tushish imkoniyati ellikka-ellik".

Otabek Yo‘ldoshev
Janubiy Koreya, Seul

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:00, 01.09.2017.
O'qildi: 11396 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик