Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Samvel Babayan: "Ertaga faqatgina g‘alaba uchun maydonga tushamiz, ortga yo‘l yo‘q"

Samvel Babayan: "Ertaga faqatgina g‘alaba uchun maydonga tushamiz, ortga yo‘l yo‘q"

Baho:
+ | -

JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 10-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston – Janubiy Koreya uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi Samvel Babayan va yarimhimoyachi Jaloliddin Masharipov qatnashdi.

“Ertaga O‘zbekiston futboli, vatanimiz uchun juda muhim o‘yin bo‘ladi. Faqatgina g‘alaba uchun maydonga tushamiz, ortga yo‘l yo‘q. Maydonning har bir qarichi uchun kurash olib boramiz. Xitoyga qarshi bellashuvdan keyin qandaydir so‘z tanlash qiyin bo‘ldi. Ammo mag‘lubiyatga haqli emasdik. Hakamning xatti-harakatidan noroziman. Aslida raqib simulyasiya ishlatgandi va penalti yo‘q edi. Ertaga so‘nggi imkoniyatdan foydalanib, JCHga chiqish uchun harakat qilamiz.

Sergeev va Abduxoliqov birdek kuchli. Zamonaviy futbolda hujumchilar ham himoyada yordam beradi. Nima uchun Sergeev maydonga tushyapti degan savolga quyidagicha javob bera olaman: Abduxoliqov Qatarda hali birorta o‘yinda maydonga tushmadi, Sergeev esa Oliy Ligada bir nechta o‘yinda maydonga tushdi. Mashg‘ulotlar vaqtida ularning farqi biz uchun yaqqol ko‘rinib turadi. Krimes Xitoyda farm-klub tarkibida maydonga tushsa ham, o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda.

Murabbiy terma jamoada ish olib boryaptimi, demak iste’fo va ish bir biriga sinonim so‘zlar bo‘ladi. Qarorni O‘zbekiston Futbol Federasiya qabul qiladi. Qolish-qolmasligim rahbariyatga bog‘liq. Xitoyda Sardor Rashidovdan tashqari yana to‘rt futbolchi ovqatdan zaharlandi. Biz bu masalani chuqurroq o‘rganmoqchimiz. Bunday tasodif bo‘lishi mumkin emas”,  – dedi Samvel Babayan.

“Birinchi navbatda bo‘lajak uchrashuv O‘zbekiston uchun finalga teng ekanini aytmoqchiman. Muhim o‘yinda g‘alaba qozonishimiz zarur. Xitoyga qarshi uchrashuvdan keyin natijani esdan chiqarib, bo‘lajak o‘yinga tayyorgarlik haqida o‘yladik. Futbolchilarning kayfiyati yaxshi va barcha ertangi o‘yinga o‘z e’tiborini qaratgan”, – dedi Masharipov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – Janubiy Koreya uchrashuvi ertaga, 5 sentyabr kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da boshlanadi. 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 18:12, 04.09.2017.
O'qildi: 10464 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.