Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Chiqmagan jondan umid, kurash hali davom etadi

Chiqmagan jondan umid, kurash hali davom etadi

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston milliy jamoasi JCH-2018 uchinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvni o‘tkazadi. Janubiy koreyaliklarga qarshi kechadigan o‘yin katta ehtimolki, guruhimizdan mundialga yo‘l oladigan ikkinchi jamoa nomini aniqlab beradi.

To‘g‘ri, Tehronda bo‘lib o‘tadigan Eron - Suriya bahsi ham guruhdagi vaziyatga o‘zgartirish kiritishi mumkin. Lekin ko‘pchilikning nigohi «Bunyodkor» stadionidagi hayot-mamot jangiga qaratiladi, baribir.

Sabab shuki, O‘zbekiston va Janubiy Koreya termalari Rossiya mundialiga borish uchun birdek asosiy da’vogar bo‘lib turibdi...

Bilasiz, 9-turda ikki jamoa ham qimmatli ochkolarni yo‘qotdi. Koreyslar 50 mingdan ortiq muxlislari qarshisida JCH-2018 chiptasini allaqachon qo‘lga kiritib ulgurgan Eron termasini yengish uddasidan chiqishmadi. Vaholanki, bugungi raqibimiz bir bo‘lim davomida bir o‘yinchi ko‘p bo‘lib harakatlanishdi.

Baxtimizga, son jihatidan ustunliklari hisobda aks etmadi. Taqdirni qarangki, bu safar ham bizda imkoniyat saqlanib qoldi. Bundan avvalgi mundiallar saralash bosqichlarida ham taqdir bizni xuddi shunday siylagandi. Chiqmagan jondan umid - imkoniyat bor ekan, oxirigacha kurashish kerak.

So‘nggi turda futbolchilar o‘zlarini-o‘zlari ruhlantirib, jangga otlangan askardek maydonga tushishsa, bas. Agar futbolchilarning o‘zlarida ichki tug‘yon «g‘alayon» ko‘tarmas ekan, ijobiy natijadan umid qilishdan ma’no yo‘q. Bitta, ayniqsa, millat qahramonlariga aylanish imkonini beruvchi hal qiluvchi o‘yin uchun har qanday holatda ham, maksimal tayyorgarlik va kuchli ruhiy ustunlik bilan yondashish imkonsiz ish emas.

Terma jamoamiz muhim pallada Uxanga oddiy aviareys bilan parvoz qilgandi. Toshkent - Pekin - Uxan yo‘nalishida parvoz qilgan delegasiyamiz xuddi shu  «chiziq» bilan poytaxtimizga qaytib keldi. Terma jamoamizning shanba kungi mashg‘uloti TTYMI stadionida bo‘lib o‘tdi.

Juma kuni Toshkentga yetib kelishgan koreyaliklar esa shanba oqshomi «Bunyodkor» akademiyasiga qarashli maydonda shug‘ullanishdi. Ikki soatga yaqin davom etgan mashg‘ulotlar jarayonida asosiy e’tibor to‘p bilan ishlash va turli taktikalar asosida hujumni rivojlantirishga qaratildi. Qizig‘i, mehmonlar mashg‘ulotni kuzatishga kelgan OAV vakillariga e’tiroz bildirishmadi.

Matbuot vakillari orasida Koreyadan tashrif buyurgan hamkasblarimiz ham ko‘pchilik. Turli nashrlar, telekanallar, internet saytlari terma jamoa mashg‘ulotini onlayn tarzda yoritib bordi. Kutilishicha, bugungi o‘yinni 100 nafarga yaqin koreyalik jurnalist Toshkentdan turib yoritadi. Janubiy Koreya termasi forslar bilan o‘yinda kutilgan natijani qo‘lga kiritolmaganiga qaramay, jamoadagi ichki muhit yaxshi ekanligi mashg‘ulotlar jarayonida shundoq sezilib turdi.

To‘g‘ri, mehmonlarning yakshanba kungi mashg‘ulotlari yopiq eshiklar ortida tashkil etildi. 

Koreyalik hamksablarimiz bilan suhbatlashganimizda, ular mamlakatda terma jamoaga nisbatan ishonch ancha kamaygani, futbolchilar o‘yinida keskin pasayish kuzatilganini tan olishdi. Lekin shunga qaramay, ular jamoaning mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga astoydil umid bog‘lashmoqda.

Endi terma jamoamizning so‘nggi o‘yinga qanday tayyorgarlik olib borgani haqida ikki og‘iz. Mehmonlardan farqli o‘laroq, mezbonlar «lageri»da o‘zgacha manzara. Aytib o‘tganimizdek, shanba kungi mashg‘ulotlar «Lokomotiv» klubiga qarashli Toshkent temiryo‘l muxandislari instituti stadionida tashkil etildi.

Ertasiga esa futbolchilarimiz «Paxtakor» markaziy stadioniga ko‘chishdi. Mashg‘ulotning faqatgina 15 daqiqasi OAV uchun ochiq bo‘ldi. Oldinda o‘ta muhim o‘yin turgani boismi, har qanday ko‘rinishdagi intervyu so‘roviga «YO‘Q» javobi berildi. Shu kuni «Paxtakor» yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanib, «Obod»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Terma jamoamizning mashg‘uloti sabab, bu o‘yin «Jar»ga ko‘chirildi va «sherlar»ning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Terma jamoamiz mashg‘ulotiga Xitoydagi uchrashuvni sariq kartochkalar limiti tufayli o‘tkazib yuborgan o‘ng qanot himoyachisi Davron Hoshimov qo‘shildi. Uxanda aynan shu qanot rosa pand bergandi. Darvoqe, koreyalik hamkasbimiz «Shuncha mag‘lubiyatdan keyin ham bosh murabbiy nega iste’foga chiqarilmayapti?» mazmunida savol berdi.

E’tiborlisi, bu savol so‘nggi paytlar Koreya matbuotida ko‘p  yangrayotgan ekan. Bizning qanday javob qaytarganimiz muhim emas. Muhimi - oldinda bitta o‘yin qoldi va u barcha savollarga javob beradi. Darvoqe, muxlislar uchun mujda: g‘alati tashxis sabab, Xitoyda maydonga tusholmagan Sardor Rashidov bugun jamoaga yordam berishga tayyor.

U mashg‘ulotlarda astoydil ter to‘kdi. Sharhimizni esa «NBU-Osiyo» bosh murabbiyi Rufat Akromxo‘jayevning o‘yinoldi fikrlari bilan yakunlaymiz: «Shaxsiy fikrim, koreyslarga qarshi jangda o‘z klublarida to‘liq o‘yin amaliyotiga ega futbolchilargina maydonga tushishlari kerak.

Jahon tajribasidan ma’lumki, murabbiylar har qanday  futbolchini, agar u o‘yinga tayyor bo‘lmasa, hattoki, zaxira o‘rindig‘iga ham yaqinlashtirmaydilar. Bugungi kunda Sergeev yaxshi sport formasida emasmi, demak, boshqa hujumchiga ishonch bildirish maqsadga muvofiq. Axir millat jamoasida eng kuchlilar o‘ynashlari kerak».

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:15, 05.09.2017.
O'qildi: 5791 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.