Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 0-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 0-0 OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Yigitlar, bo‘sh kelmanglar!

Yigitlar, bo‘sh kelmanglar!

Baho:
+ | -

Ha, biz qimmatli ochkolarni yo‘qotdik. Ayrim o‘yinlarda o‘ta mazmunsiz o‘yin namoyish etdik. Oxirgi ikki o‘yinda g‘alaba qozonsak JCH yo‘llanmasiga ega bo‘lamiz dedik. Bu o‘yinlardan Xitoyga qarshi o‘yinni ham boy berdik. Hammasi biz uchun yakunlangandek ko‘ringanda Janubiy Koreya o‘z maydonida Eronni yutolmadi. Yana imkoniyatimiz saqlanib qoldi. Qoyil qolsa bo‘ladi. Janubiy Koreya bizga noqulay raqib. Ular 1986 yildan buyon Osiyo nomidan JCHlarda muntazam ishtirok etib kelmoqda. Ana shu raqib bilan 1994 yilda ilk marta Xirosimada uchrashganmiz. O‘ta qiyin o‘yinda Azamat Abduraimovning aniq zarbasi bizga koreyslar ustidan ajoyib g‘alabani keltirdi. Ana shundan keyin Osiyo O‘yinlari g‘olibi bo‘ldik.

Ana shundan keyin birorta o‘yinda ham biz Janubiy Koreyani mag‘lub etmadik. Bu raqibdan hadiksirash natijasimi, boshqami? Xullas, ular bizning sirimizni bilib olishgan. Bekorga ularning gazetalari O‘zbekiston Seulga borsa "ochko tug‘adigan mashina keldi" deb yozmaydi. Birinchi navbatda o‘zimizning noshudligimiz bunga. Biz raqibdan qo‘rqamiz. Bor-yo‘g‘i haqiqat shu. Shuning uchun ham Janubiy Koreyani yutolmaymiz.

Esimda bor, JCH-1998 saralashida Janubiy Koreya terma jamoasi ustozi o‘z vaqtida Germaniyaning "Ayntraxt", "Bayer" (Leverkuzen) jamoalarni ulkan yutuqlarga ega bo‘lgan Bum Kun Cha shunday degandi: "Biz uchun JCH yo‘llanmasi Toshkentdan boshlanadi. Bugun biz yutamiz. Chunki biz o‘zbeklarning och biqini qayerda ekanligini bilamiz". Bo‘ldi, tamom! Ana shu gap biz uchun yaxshigina zarba bo‘ldi chog‘i, koreyslar bizni osongina yutib ketdi — 1:5. Oradan yillar o‘tdi. O‘sha kundan to hozirgacha biror marta ham Janubiy Koreya terma jamoasini yutolmabmiz-a. Hammasidan alam qilgani Osiyo Kubogi- 2015 chorak finalida sodir bo‘ldi. Lutfullo To‘rayev bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qilganda biz o‘sha kuni koreyslarni yutardik.


Mana endi JCH-2018 saralashida ham shu raqib bilan to‘qnash kelyapmiz. Bu safargi o‘yin boshqacha o‘yin. G‘alaba bizni JCH sari yetaklashi mumkin. Biz allaqachon kurashdan chiqib ketishimiz mumkin edi. Yaxshiyamki bizni Yaratganning o‘zi qo‘lladi. Do‘stlar! Har xil achchiq piching, kinoya gaplardan foyda yo‘q. Hal qiluvchi o‘yinda ularga dalda bo‘laylik-da, ularni Rossiya maydonlariga yetaklaydi. Jamoa qachon yaxshi o‘ynaydi? Muxlislar qo‘llab-quvvatlasa yaxshi o‘ynaydi-da. Hamma kuchni bir joyga yig‘ib JCH yo‘llanmasi to‘g‘risida o‘ylash kerak. Qatarday ham bo‘lolmaymi, koreyslarni qanday yutishni ko‘rsatib berdi-ku. Nega endi biz o‘z maydonimizdagi hal qiluvchi o‘yinda ularni yutolmaymiz?! Yigitlar, bo‘sh kelmanglar! Butun O‘ZBEKISTON sizni qo‘llab turibdi.

SAFARALI SIDDIQOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:30, 05.09.2017.
O'qildi: 6200 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик