Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreya bilan durang o‘ynadi va JCHga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreya bilan durang o‘ynadi va JCHga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi

Baho:
+ | -

JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi so‘nggi 10-turida O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Janubiy Koreya termasini qabul qildi.

O‘zbekiston terma jamoasi bu safar ham Janubiy Koreyani mag‘lub eta olmadi va jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi.

Birinchi bo‘limda to‘p 3 marta darvoza ustuniga tekkani bilan yodda qoldi. Koreyaliklar ilk daqiqadayoq tashkil etilgan hujum natijasida darvozamiz tomon zarba berishga muvaffaq bo‘lishdi. Raqib futbolchisi bergan zarba natijasi to‘p ustunga tegib, narigi tomonga ketdi.

Taym o‘rtalarigacha ustunlik O‘zbekiston tomonida bo‘ldi. Aziz Haydarovning olis masofadan bergan kuchli zarbasi Koreya darvozasi ustuniga tegib qaytdi...

Tehronda kechayotgan o‘yinda Suriya oldinda borayotganini bilgan koreyaliklar bo‘limning ikkinchi yarmidan boshlab tashabbusni o‘z tomonlariga og‘dira boshladilar. Qo‘shib berilgan daqiqalar o‘tib borayotgan paytda Son Xeung Min ajoyib vaziyatga chiqdi va deyarli birga bir vaziyatda xavfli zarba yo‘lladi. To‘p olis ustunga tegib qaytdi.

Ikkinchi bo‘limni janub koreyslar juda katta ustunlikda boshlashdi. Ular birin-ketin chiroyli kombinasiyalar orqali futbolchilarimizni shoshirib qo‘ya boshlashdi. Tan olish kerak, juda ko‘p vaziyatlarda omad Vatanimiz tomonida bo‘ldi. O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 3 daqiqa qolganida koreyalik futbolchi bosh bilan bergan zarba natijasida to‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi.

Oradan 2 daqiqa o‘tib Ignatiy Nesterov yakkama-yakka vaziyatda raqib hujumchisi bergan zarbani qaytargan bo‘lsa, qaytgan zarbani Son Xeung Min aniq darvozaga yo‘llay olmadi. Asosiy bo‘limning eng so‘nggi daqiqasida terma jamoamiz gol urish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lishdi, ammo Ahmedov va Geynrix tomonidan berilgan zarbalar himoyachilarga tegib qaytdi.

Shu tariqa, terma jamoamiz Janubiy Koreyani o‘z uyida mag‘lub eta olmadi. Tehronda kechgan Eron va Suriya o‘rtasidagi o‘yinning so‘nggi daqiqasida suriyaliklar hisobni tenglashtirib qo‘yishgani bois, O‘zbekiston hattoki pley-off bochqichida ham ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi. Guruhda 4-o‘rinni egalladigan va Rossiya-2018 sari yurishni shu yerda to‘xtatdik.

JCH–2018 saralashi 

Toshkent, “Bunyodkor”
5 sentyabr, seshanba

O‘zbekiston – Janubiy Koreya 0:0

Ogohlantirishlar: Aziz Haydarov(38), Anzun Ismoilov (71), Yegor Krimes (84) – Jung Vu Yung (36)

O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Vitaliy Denisov, Anzur Ismoilov, Yegor Krimes, Davron Hoshimov, Aziz Haydarov, Otabek Shukurov, Odil Ahmedov, Server Jeparov (Sardor Rashidov, 52), Eldor Shomurodov (Jaloliddin Masharipov, 86), Igor Sergeev (Aleksandr Geynrix, 58).

Janubiy Koreya: Kim Syong Gyu, Kim Min Jae, Son Xyon Min, Xvang Xi Chan, Li Kun Xu (Li Dong Kuk, 78), Kim Min Vu, Go Yo Xan, Jang Xyun Su (Ku Ja Chol, 43), Jung Vu Yung, Kim Yong Gvon, Kvon Chang Xun (YOm Ki Xun, 64). 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:42, 05.09.2017.
O'qildi: 19325 marta.
Fikrlar: 118 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик