Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘zbekiston delegasiyasi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun Ashxobodga yetib bordi

O‘zbekiston delegasiyasi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun Ashxobodga yetib bordi

Baho:
+ | -

Yana 2 kundan so‘ng Turkmaniston poytaxtida Jang san’ati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlari rasman start oladi. Ushbu nufuzli musobaqada Osiyo va Okeaniya mintaqalaridan jami 64 mamlakat vakillari ishtirok etishadi. O‘zbekiston sharafini Osiyo o‘yinlarida 189 nafar sportchimiz himoya qiladi.

Bugun delegasiyamizning asosiy qismi Toshkent-Ashxobod charter reysi bilan Turkmaniston poytaxtiga yetib bordi. Ashxobod xalqaro aeroportida delegasiyamizni O‘zbekiston Respublikasining Turkmanistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Akmaljon Kuchkarov, musobaqa tashkiliy qo‘mitasi vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib olishdi.

Ayni vaqtga qadar og‘ir atletika, kurash, taekvondo , yengil atletika, futzal, velosport, ot sporti, muaytay, jiu jitsu, bouling, suzish, belbog‘li kurash, kikboksing, tennis va bel olish kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Olimpiya shaharchasiga joylashib ulgurishdi.

Demak, Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan delegasiyamizning 20 ta sport turidan 15 tasining vakillari Ashxobodga yetib kelishdi. 18 sentyabr kuni basketbol (3x3), 20 sentyabrda shaxmat, 23 sentyabrda sport kurashlari va sambo, 24 sentyabrda esa sport raqslari bo‘yicha terma jamoalarimiz musobaqa taqvimiga asosan delegasiyamiz lageriga qo‘shilishadi.

Bugun kechqurun Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston davlat bayrog‘ini ko‘tarish tantanali marosimi o‘tkaziladi. Ertadan esa bellashuvlar boshlanadi. Sportchilarimiz orasida birinchi bo‘lib jiu jitsu bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari bahslarga kirishadi. Bugun ushbu sport turi vakillari vazn o‘lchash marosimida ishtirok etishdi.

Futzal bo‘yicha musobaqalar ham ertadan boshlanadi. Ammo O‘zbekiston terma jamoasi guruhdagi o‘zining ilk o‘yinini 18 sentyabr kuni BAA terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Mazkur uchrashuvga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Bahodir Ahmedov shogirdlari ertaga, 16 sentyabr kuni Yaponiya termasiga qarshi nazorat o‘yinida maydonga tushishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, Jang san’ati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi 17 sentyabr kuni soat 20:17 da Ashxoboddagi Olimpiya stadionida boshlanadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 18:35, 15.09.2017.
O'qildi: 4486 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.