Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Nissa 1-0 Gavr
11/05 00:00 Brest 1-1 Reyms
11/05 00:00 Alaves 2-2 Jirona
11/05 16:30 Fulhem 0-4 Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka 1-0 Las-Palmas
11/05 19:00 Olimpik 1-2 Paxtakor
11/05 19:00 Metallurg 0-0 Qizilqum
11/05 19:00 Vulverhempton 1-3 Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut 1-2 Brentford
11/05 19:00 Everton 1-0 Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl 1-1 Brayton
11/05 19:00 Tottenhem 2-1 Byornli
11/05 19:00 Vest Xem 3-1 Luton
11/05 19:15 Vilyarreal 3-2 Sevilya
11/05 21:00 Napoli 0-2 Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest 2-3 Chelsi
11/05 21:30 Granada 0-4 Real Madrid
11/05 23:45 Milan 5-1 Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio 2-0 Empoli
12/05 17:00 Kadis 1-0 Xetafe
12/05 18:00 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/05 18:00 Verona 1-2 Torino
12/05 19:15 Atletiko 1-0 Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted - Arsenal
12/05 21:00 Yuventus - Salernitana
12/05 21:30 Valensiya - Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta - Roma
13/05 00:00 Strasbur - Mets
13/05 00:00 Klermon - Lion
13/05 00:00 Nant - Lill
13/05 00:00 Monpelye - Monako
13/05 00:00 PSJ - Tuluza
13/05 00:00 Renn - Lans
13/05 00:00 Marsel - Loryan
13/05 00:00 Betis - Almeriya
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad

Jasur Abduraimov: «Termaga qaytishga ulguraman»

Jasur Abduraimov: «Termaga qaytishga ulguraman»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Abduraimovlar sulolasini nafaqat O‘zbekiston yoki Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida, balki butun dunyoda ham yaxshi bilishadi, desak xato bo‘lmasa kerak.

Sulola asoschisi Birodar Abduraimov o‘tgan asrning 60-70-yillarida o‘zining yorqin o‘yinlari bilan millionlab ishqibozlar qalbini zabt etgan. Uning «Paxtakor» klubi hamda sobiq ittifoq terma jamoasi safida o‘tkazgan o‘yinlarini ko‘pchilik hamon g‘urur bilan eslaydi.

Birodar Hasanovichning farzandlari ham millionlar o‘yinini tanlashdi. Ayniqsa, ularning to‘ng‘ichi Azamat Abduraimov futbolchi sifatida otasiga munosib davomchi bo‘la oldi. Jasur ham katta futbolda ozmi-ko‘pmi muvaffaqiyatlarga erishdi.

Lekin turli sabablarga ko‘ra, otasi va akasidek mashhur bo‘la olmadi. Ammo bugungi kunda u murabbiylik sohasida o‘z o‘rnini topayotgan mutaxassislardan biri.

Jasur Abduraimov turli yosh toifasidagi mamlakatimiz termalarida ishladi. Qiyin vaziyatda «Paxtakor»ning asosiy jamoasiga murabbiylik qildi.

Bugungi kunda ham sulola uchun alohida o‘ringa ega bo‘lgan «Paxtakor» klubida murabbiylik faoliyatini davom ettirmoqda. Biz Jasur Birodarovich bilan uchrashib, u dildan suhbatlashdik.

- Jasur aka, millionlar o‘yinini kasb sifatida tanlashingizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri oilaviy muhit sabab bo‘lgan. Otangiz va akangizga havas qilib, futbol to‘garagiga borgansiz. Umuman, o‘sha payt boshqa sohaga kirish haqida o‘ylab ko‘rmaganmisiz?

- Yo‘q, bu borada menda hech qanday variantlar bo‘lmagan. Baribir, futbol qonimda bo‘lgani uchun boshqa sohani tanlay olmasdim. Bolaligimdan shu muhitda o‘sganim sababli boshqa kasbga o‘tishga fursat ham bo‘lmadi. O‘z navbatida, meni na otam va na akam majburan futbolga berishgan.

O‘z ixtiyorim bilan futbol to‘garagiga yozilganman. O‘sha paytda mashg‘ulotlarga hozirgidek 5 yoki 6 yoshdan qabul qilishmasdi. O‘ylashimcha, bu to‘g‘ri qaror edi. Mutaxassislar hamma jihatlarni inobatga olib, futbol bilan shug‘ullanish yoshini belgilab qo‘yishgan.

Bolalarni 10 yoshdan maxsus maktablarga olishgani bejiz emas, hammasi hisob-kitobli bo‘lgan. Men ham avvaliga ko‘chada to‘p surganman. Kunlarning birida ko‘chamizda futbol o‘ynayotganimni ko‘rgan Mixail Anning jiyani Innokentiy Ivanovich meni futbol maktabiga taklif qildi.

«Paxtakor» klubida millionlar o‘yini sir-asrorlarini o‘rganishni boshladim. Keyinchalik hozirgi Respublika olimpiya zaxiralari sport kollejida tahsilni davom ettirdim. Otam hech qachon meni futbol maktabiga yetaklab olib bormagan.

Bu narsa mehrga borib taqalmaydi. Shunchaki, o‘g‘lim menga ortiqcha tayanmasin, otasining obro‘siga ishonib qolmasin, degan ma’noda o‘z holimga qo‘yganlar.

Hozir e’tibor bersangiz, aksariyat ota-onalar farzandlarini o‘zlari futbolga olib kelishyapti. Mayli, bu yaxshi tashabbus, ammo o‘sha bolakaylar futbolga o‘z xohishlari bilan kelishyaptimi? Bu eng muhim masala.

- Otangiz «O‘rtamiyona futbolchi bo‘lib, mening obro‘yimga putur yetkazib qo‘ymagin», demaganmidilar?

- Yo‘q, unday gap-so‘z bo‘lmagan. Otam «Futbolni tanladingmi, demak oxirigacha o‘zing uchun kurash», deganlar. To‘g‘ri, bu bilan o‘z holimga tashlab qo‘yishmagan.

Otam ham, akam ham futboldagi bor bilimlarini baham ko‘rishgan. Bilmaganlarimni o‘rgatishgan.

- Demak, murabbiylarga «Bu mening o‘g‘lim, yaxshilab o‘rgatinglar», demaganlar, shundaymi?

- Albatta. Bu haqda gap-so‘z bo‘lishi mumkin emasdi. Qolaversa, menga shunday tarbiya berilganki, o‘zim otamning o‘yinlarimga kelishini istamaganman. Qaysidir murabbiyni «O‘g‘limni asosiy tarkibda o‘ynatasan», deb majburlash kuzatilmagan.

Nafaqat menda, balki boshqa tengqurlarimda ham shunga o‘xshash holat bo‘lgan. Ularning otalari ham mashhur futbolchi edilar. Lekin xuddi men kabi ularda ham murabbiyga bosim o‘tkazish holati ro‘y bermagan. Hamma o‘zi uchun kurashgan.

- Birodar aka o‘yinlaringizni ko‘rib, o‘z baholarini berarmidilar?

- Ha, lekin men maydonga kelganlarni ko‘rmasdim. Bir chekkada o‘yinni tomosha qilib, keyin uyda kerakli ko‘rsatmalarni berardilar. O‘yinimni otam maydon tashqarisidan kuzatayotganini sezmasdim ham.

Lekin men tanlagan pozisiya otam va akamnikidan farq qilgan. Ya’ni, ular kabi hujumchi bo‘lmadim. Abduraimov familiyasi tilga olinganda aksariyat muxlislarning ko‘z o‘ngida golga tashna hujumchi gavdalanardi.

Men esa biroz boshqa yo‘ldan bordim va tayanch yarim himoyasida to‘p surishni afzal bildim. Menga ko‘proq to‘pni raqibdan olib qo‘yish, jamoadoshimga qulay tarzda uzatma berish, maydonda ijodkor bo‘lish yoqardi. Oliy ligada o‘ynay boshlaganimda ishqibozlar mendan gol talab qila boshlashdi.

Ammo birlamchi vazifam gol uradigan futbolchilarga to‘pni yetkazib berish, raqib hujumini buzish edi. Otamdan Azamatga hujumkorlik, to‘purarlik, individual kuchli o‘yin ko‘rsatish sifatlari o‘tgan bo‘lsa, menda ko‘proq jamoadoshlarimni to‘p bilan ta’minlash jihatlari mujassam edi.

- Otangiz va akangiz singari hujumchi bo‘lish va shu orqali xalq-qa tezroq tanilishni xohlamaganmisiz?

- Yo‘q, menda hech qachon bunday istak bo‘lmagan. Ochig‘ini aytganda, forvardlarga xos xislat va sifatlarga ega emasdim. Tan olaman, boshlang‘ich tezligim past edi. Hujumchi tezkor qaror chiqarishi kerak.

Chunki u ortiqcha o‘ylansa, fursatni boy beradi. Yarim himoyada o‘ynaydigan futbolchilar esa hujumchilardan farqli ravishda o‘ylab, keyin bir qarorga kelishadi. Markazdagi o‘yin-chi ijodkor bo‘lishi kerak. Menga aynan mana shu narsa yoqardi.

- Sizni bu pozisiyada kim kashf qilgan?

- O‘yinlarim va maydondagi harakatlarimni ko‘rgan barcha murabbiylarim - Innokentiy Ivanovich, Sergey Vitalyevich va Bahodir Toshmuhammedov meni yarim himoyada o‘ynatishgan. Ular bir-birlari bilan gaplashib, kelishib olishmagandi. Shunchaki, qanday sifatlarga ega ekanligimni ko‘rgach, shunday to‘xtamga kelishgan. Hech qachon boshqa pozisiyada o‘ynamaganman.

- Otangiz va akangizda bo‘lgani kabi, sizda ham «Paxtakor» jamoasiga mehr bolalikdan tushganmi?

DAVOMI

Manba: www.iff.uz
Kiritildi: 09:09, 21.09.2017.
O'qildi: 4090 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.