Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Nahotki, O‘zbekiston terma jamoasi eng ko‘p ochko yo‘qotgan bo‘lsa!?

Nahotki, O‘zbekiston terma jamoasi eng ko‘p ochko yo‘qotgan bo‘lsa!?

Baho:
+ | -

Avgustning so‘nggi kuni va sentyabr boshida JCH-2018 saralashining 2ta tur o‘yinlari o‘tkazilganini inobatga olsak, FIFA reytingida keskin o‘zgarishlar bo‘lishi kutilgan holat edi.

Mana, 14 sentyabr kuni e’lon qilingan ro‘yxatda Germaniya milliy jamoasi 1-o‘ringa ko‘tarildi. Xullas, nemislar Braziliya termasini pastga tushirib yuborishdi.

Biz uchun biroz alam qiladigan tomoni, yaqin-yaqindagina futboli ko‘zga tashlana boshlagan orol davlat - Kabo-Verde milliy jamoasi umumiy reytingda bizdan 2 pog‘ona yuqoriga joylashdi.

Vaholanki, AFKning ushbu a’zosi o‘tgan oy atigi 114-o‘rin (!)da edi...

O‘zbekiston milliy jamoasi oxirgi 1 oy davomida 5 pog‘ona pastladi. Yo‘qotish darajasi 68,35 ballga tengligi haqiqiy holatimizni ko‘rsatib beryapti, shekilli. Ha, bizning natijamiz yaxshi emas, ammo Avstraliya termasiniki yanada yomonroq. JCH-2018 saralashi yo‘lidagi bittagina mag‘lubiyat «sokkeruz»ni reytingda 50-o‘ringa tushirib qo‘ydi. OFK yetakchisi - Eron termasi esa 24-qatordan bir pog‘ona pastga surildi. Chunonchi, forslar oxirgi 2ta o‘yinda durang qayd etishdi va buning oqibatida umumiy hisobda 28 ochko yo‘qotishdi. Aytgancha, Eron milliy jamoasi 2015 yil avgust oyi reytingida 15-o‘rindan joy olib, o‘zining rekord ko‘rsatkichini qayd etgandi.

Oy yakunlariga ko‘ra, qit’amizda o‘rinlar bo‘yicha eng yaxshi o‘sishga Yaman (Q18 pog‘ona), Xitoy (Q15 pog‘ona) va Iroq (Q14 pog‘ona) jamoalari erishdi. Ochkolar hisobida olsak ham aynan shu 3ta jamoa ko‘rsatkichi baland, faqat ketma-ketlik boshqacharoq: Xitoy, Iroq, Yaman. KXDR, Maldiv va Hindiston termalari o‘rinlar bo‘yicha eng shiddatli qulashga yuz tutgan bo‘lsa, ochko yo‘qotishda O‘zbekiston, Maldiv orollari va Quvayt jamoalari oldinda.

JCH-2018 saralashi so‘nggi bosqichi «A» guruhi vakillarining reytingdagi mavqei quyidagicha o‘zgardi:

Eron: -1 o‘rin, -28 ochko

J.Koreya: -2 o‘rin, -25 ochko

Suriya: Q5 o‘rin, +42 ochko

O‘zbekiston: -5 o‘rin, -68 ochko

Xitoy: Q15 o‘rin, +117 ochko

Qatar: -7 o‘rin, -27 ochko

FIFA reytingida esa eng katta o‘sish (ochkolar bo‘yicha) kutilmaganda, Kabo-Verde termasi tomonidan qayd etildi. Qolaversa, ushbu orol mamlakat milliy jamoasi yaqin orada 67-o‘rindan ham yuqorilashi mumkin. Orolliklar oxirgi 2ta o‘yinda JAR termasini bir xil - 2:1 ko‘rinishida yengish asnosida o‘z hisoblarini 264 reyting ochkosi bilan to‘ldirishdi. JAR jamoasi aksincha, naq 112 ochko yo‘qotdi. Shundan xulosa chiqarsak, DAVOMI

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 10:04, 24.09.2017.
O'qildi: 6728 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик