Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

Futbol muxlislari o‘qimasin! O‘zbekiston futbolining kelajagi bormi?

Futbol muxlislari o‘qimasin! O‘zbekiston futbolining kelajagi bormi?

Baho:
+1 | -

Sarlavhaga e’tibor bermang... Futbol muxlislarining kuygan yuragini yana kuydirmaslik uchun “o‘qimasin” dedik.
 
Aslida futbolga muxlislik qilish ham bir san’at...
 
Agar milliy terma jamoa g‘alaba qozonsa, nafaqat futbol muxlislarining, balki barcha o‘zbekistonliklarning qalbi faxr va iftixorga to‘lishi shubhasiz!
 
Agar buning aksi bo‘lsa-chi?
 
Keling, “Futbol haqida o‘ylar” deb nomlangan turkum maqolalar orqali O‘zbekiston futbolining yaqin o‘tmishi va kelajak istiqbollari haqida fikr-mulohazalar yuritsak...
 
Joriy yilning 5 sentyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralashi uchinchi bosqichida kerakli ochkolarni to‘play olmasdan, 2018 yil Rossiyada o‘tadigan jahon chempionatiga chiqish yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi. Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda terma jamoaga faqatgina bir gol yetishmadi.
 
Ha, tan olish kerak, o‘sha ma’shum kun O‘zbekiston terma jamoasiga bir tomondan omad yetishmagani, shuningdek, Eronning o‘z maydonida Suriyaga so‘nggi daqiqalarda tafovutni topshirgani asosiy sabablardan biri bo‘ldi. Bundan tashqari, terma jamoa o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida so‘nggi yillardagi “kuchsiz” deb atalgan Janubiy Koreya termasi darvozasiga bitta gol ura olmadi..!
 
To‘g‘ri, terma jamoaning omadsizlikka uchraganida bosh murabbiy Samvel Babayanning noto‘g‘ri o‘yin uslubi tanlaganligini vaj qilib ko‘rsatish mumkin. Shu bilan birga, murabbiyning saralash bosqichi jarayonidagi ayrim qaysarliklari — o‘lganning ustiga tepgan bo‘ldi!
 
Keling, shu o‘rinda ortda qolgan vaziyatga proffesionalarcha yondoshayib, mulohaza yuritaylik.
 
Birinchidan, O‘zbekiston futbolida TIZIM ishdan chiqqan!
 
Aslida eng katta xato mana shu. Aziz muxlislar, jumlalarga qo‘shilmaslikka haqlisiz...
 
Lekin yuqori sharoitlarga ega bo‘lgan O‘zbekiston futboli allaqachon yuqori cho‘qqilarni zabt etish kerak edi. Faqat aniq dastur va reja asosida ish yuritilsa, barchasi kutilganidan ham a’loroq natijani berardi.
 
Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekistonda futbol o‘ynash uchun shart-sharoitlar ko‘ngildagidek. Muxlislar oqimi, zamonaviy stadionlar deyarli barcha viloyatlarda qad rostlagan.
 
Ammo bir savol bor... O‘sha zamonaviy stadionlarda qanday futbolchilar to‘p surishmoqda? Iqtidorli sportchilarmi yoki “shunchaki” sportchilarmi?
 
Ular qayerdan paydo bo‘lib qolishgan? Haqiqatda ham futbolchilar jamoada o‘z iqtidorlari ta’sirida (!) o‘ynab yurishibdimi, yoki boshqa “narsalar” evazigami?
 
O‘zbekistonda yosh futbolchilarni tanlab olish uchun skautlar qo‘mitasi tuzilganmi? DAVOMI

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 16:38, 25.09.2017.
O'qildi: 6798 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.