Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Tashkent Open 2017: Iroda To‘laganova katta tennisga qaytdi

Tashkent Open 2017: Iroda To‘laganova katta tennisga qaytdi

Baho:
+ | -

Poytaxtimizda ayollar o‘rtasida  tennis bo‘yicha Tashkent Open 2017 musobaqasi start oldi.

25 sentyabr kuni juftliklar o‘rtasida birinchi davra bahslari bo‘lib o‘tdi. E’tiborli jihati, ushbu bahslar bir qator o‘zbekistonlik tennischilar kortga chiqishdi. Jumladan, Oqgul Omonmurodova – Nigina Abduraimova juftligi hamda Ana Bogdan – Shtefan Fyogel o‘rtasida kechgan match ancha qiziqarli o‘tdi. 3 set davom etgan uchrashuv super taybrekkacha davom etdi. Yakunda Ruminiya va shveysariyalik sportchilar juftligi 3:6, 7:5, 10:6 hisobida g‘alabaga erishdi.

Kunning eng e’tiborli voqeasi, bu albatta o‘zbekistonlik mashhur tennischi Iroda To‘laganovaning ko‘p yillik tanaffusdan so‘ng katta tennisga qaytishi bo‘ldi. 35 yoshli tennischi Tashkent Open juftlik bahslaridagi ishtirokini chexiyalik Kristina Plishkova bilan sheriklikda Ipek Soylu va Irina Xromacheva juftligiga qarshi boshladi. Respublika Olimpiya zahiralari tennis maktabi markaziy kortida o‘tgan ushbu uchrashuvni kuzatishga kelgan muxlislar Iroda To‘laganovani qo‘llab quvvatlab turishdi. Afsuski, 58 daqiqa davom etgan mazkur uchrashuv 6:2, 6:4 hisobida Turkiya va rossiyalik sportchilar juftligi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Eslatib o‘tamiz, sovrin jamg‘armasi 226 750 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu turnir 30 sentyabrgacha davom etadi. Ayni shu kuni yakkalik va juftlik bahslarida g‘oliblar aniqlanadi.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 20:29, 25.09.2017.
O'qildi: 5213 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.