Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al - Buxoro
27/04 19:00 OKMK - Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

G‘alati gol, to‘sinni sindirgan zarba, avtogolurar himoyachi, futbolchi Shoxruxxon…

G‘alati gol, to‘sinni sindirgan zarba, avtogolurar himoyachi, futbolchi Shoxruxxon…

Baho:
+ | -

Quyida futbol tarixidagi bir qator qiziqarli voqealar haqida o‘qishingiz mumkin. 

1973 yili “Sparta” (Rotterdam) va “Barselona” o‘rtasidagi uchrashuvda mezbonlar himoyachisi kiritgan to‘p, yilning eng kutilmagan goli deb topildi. Himoyachi to‘pni balandga tepib yuborganida, uni shamol uchirib ketadi va to‘p havoda yorilib ketib… “Barselona” darvozasiga borib tushadi. Uchrashuv bosh hakami Fores to‘pni almashtirishni buyuradi va futbolchilarning noroziligiga qaramay… golni inobatga oladi.

Daniyaning Odense shahrida 2-divizion jamoalari bahs yuritishayotgandi. Futbolchilardan biri to‘pni shu qadar kuchli zarb bilan tepdiki, to‘p nogohon darvoza ustunini sindirib yubordi. Qanday chora qo‘llashni bilmay qolgan hakam, shu zahotiyoq milliy federasiyaga telegramma jo‘natdi. Bu ish esa kutilmagan natija berdi. Odensaga oliy divizionning 5 ta murabbiylari betakror ishga qo‘l urgan hujumchi bilan uchrashgani yetib kelishdi, futbol federasiyasidan esa negadir javob kelmadi.

Brzailiyalik himoyachi Pineyroni o‘z darvozasiga to‘p kiritish borasida rekordchi deyishadi. U bir mavsumning o‘zida 10 ta avtagol qayd etgandi. Jamoa rahbarlari o‘zaro kelishgan holda Pineyroni hujum chizig‘iga o‘tkazishdi. Lekin ilk uchrashuvdayoq “rekordchi” yana o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi. Futbolchi 25 yoshga to‘lganda esa jamoadoshlari unga kompas sovg‘a qilishdi va unga shunday so‘zlar bitilgandi: “Unutma, raqib qarama-qarshi tomonda”.

Bollivud qiroli Shoxrux Xon bolaligidan aktyor bo‘lishni emas, futbol yulduzi bo‘lishni orzu qilgan. Maqsadiga yetishish uchun hatto futbol maktabiga borgan. O‘smirlik choG‘larida navbatdagi o‘yinlarning birida oyog‘i qattiq lat yegach, sport olamini tark etishga majbur bo‘lgan. U hamon futbolning ashaddiy muxlisidir. Buni uning “Olg‘a Hindiston” filmida yaratgan obrazidan ham bilib olsa bo‘ladi.

Davomi>>>

Kiritildi: 20:03, 26.09.2017.
O'qildi: 8497 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик