Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

Nike, Adidas, Joma... Oliy liga klublari qanday ekipirovkalardan foydalanishadi

Nike, Adidas, Joma... Oliy liga klublari qanday ekipirovkalardan foydalanishadi

Baho:
+ | -

Zamonaviy futbolni xalqaro brend maqomiga ega sport kiyimlari tayyorlaydigan kompaniyalarsiz tasavvur etish qiyin.

Zero hozirgi paytga kelib bunday firmalar jahon sportida yuksak nufuzga ega sanaladi. Xo‘sh, O‘zbekiston chempionatida ishtirok etuvchi jamoa­lar qaysi kompaniya liboslaridan foydalanishmoqda?

Qaysi brend mamlakatimizda ko‘proq ommaviy sanaladi? Quyida shu haqda hikoya qilamiz. Ta’kidlash joizki, oliy liga ishtirokchilari orasida eng ommabop va keng tarqalgan brend - Joma sanaladi.

Ushbu ispan firmasi mahsulotlaridan milliy birinchiligimizda 7ta jamoa foydalanib kelmoqda. Keyingi o‘rinni esa nemis kompaniyasi - Adidas egallab turibdi.

Hozirda 4ta jamoa aynan shu firma ekipirovkalari bilan ta’minlangan. Shuningdek, Patrick hamda Nike liboslaridan mos ravishda 2tadan jamoa foydalanadi.

Germaniyaning yana bir vakili - Jako bilan esa faqat bitta jamoa hamkorlik qilib kelmoqda.

JOMA

Firma liboslaridan foydalanadigan jamoalar: O‘zbekiston milliy termasi, «Neftchi», «Navbahor», «Lokomotiv», «So‘g‘diyona», «Olmaliq», «Sho‘rtan», «Metallurg».

Ayni payt o‘zbek jamoalarining aksariyati Ispaniyaning Joma firmasi liboslaridan foydalanadi. Ushbu kompaniyaning yurtimizga kirib kelishida O‘zbekiston futzal terma jamoasi sobiq ustozi Xose Mariya Mendezning xizmatlari beqiyosdir. Aynan ushbu mutaxassisning sa’y-harakatlari tufayli 2012 yildan Joma mamlakatimizdagi faoliyatini boshlagandi.

Dastlab ushbu firma liboslaridan oliy liga jamoalari orasida Farg‘onaning «Neftchi» jamoasi foydalandi. Keyin esa qolganlar ham Joma ekipirovkalari bilan «kiyintirildi».

Mazkur kompaniya mahsulotlari yurtimizda juda tez ommalashdi va 2014 yilgi mavsumda oliy liganing naq 12ta jamoasi Joma bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Bunda ayniqsa, ushbu firmaning yurtimizda rasmiy vakillik idorasi hamda do‘konini ochgani katta ahamiyat kasb etdi, desak xato bo‘lmaydi.

Joriy yilda 7ta klub Joma liboslaridan foydalanmoqda. Qolaversa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham maydonga aynan Joma ekipirovkalarida chiqayotgani diqqatga sazovor.

ADIDAS

Firma liboslaridan foydalanadigan jamoalar: «Buxoro», «Qizilqum», «Nasaf», «Paxtakor».

Dunyoga mashhur brend sanaladigan Adidas bilan yurtimizda odatda «Paxtakor» hamda «Nasaf» jamoalari hamkorlik qilib kelardilar. «Sherlar» va «ajdarlar» uzoq yillardan buyon nemis ishlab chiqaruvchisi tayyorlagan ekipirovkalarni kiyishadi. Ushbu mavsumdan boshlab «Buxoro» hamda «Qizilqum» ham texnik hamkor sifatida aynan Adidas firmasini ma’qul ko‘rishdi. Avvalgi mavsumlarda buxoroliklar ham, navoiyliklar ham Joma liboslarida maydonga chiqishardi. Bu yildan ikkala klub ham Joma bilan hamkorlikni to‘xtatib, Adidas formalarini kiyadigan bo‘lishdi.

PATRICK

Firma liboslaridan foydalanadigan jamoalar: «Dinamo», «Mash’al».

O‘zbek klublari bilan texnik jihatdan hamkorlik qiluvchi kompaniyalardan yana biri Belgiyaning Patrick firmasi hisoblanadi. Jahon bozoriga sekin-asta chiqib borayotgan ushbu brend yurtimizga «Mash’al» jamoa­si orqali kirib kelgandi. 2015 yilda «gazchilar» bilan shartnoma imzolagan Patrick firmasi vakillari kelasi yili ham «Mash’al» uchun o‘z mahsulotlarini yetkazib berishlari ko‘zda tutilgan. Joriy mavsumdan boshlab Samarqandning «Dinamo» klubi ham Patrick formalariga buyurtma berdi. O‘tgan yili Nike liboslaridan foydalangan samarqandliklar endilikda maydonga Patrick ramzi tushirilgan liboslarda chiqishmoqda.

NIKE

DAVOMI

Manba: www.iff.uz
Kiritildi: 14:41, 29.09.2017.
O'qildi: 4751 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.