Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Nasaf» ketma-ket beshinchi g‘alabasini nishonladi

«Nasaf» ketma-ket beshinchi g‘alabasini nishonladi

Baho:
+ | -

Bugun “Nasaf” o‘z maydonida “Qizilqum” jamoasi bilan bahs yuritdi. Uchrashuvda “ajdarlar” 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi hisob 1-daqiqadayoq jamoamiz tomonidan ochildi. Tezkor ilk hujum va darvozaga ilk zarba golga aylandi. Bunda chap qanotdan Jasur Hasanovning oshirib bergan to‘pini Bahrom Abdurahimov darvozaga joylab qo‘ydi – 1:0. Bu gol Bahrom Abdurahimov hisobiga bu yilgi chempionatdagi oltinchi goli sifatida yozib qo‘yildi. Bahrom Abdurahimov joriy chempionatda “Nasaf”ning ilk goliga mualliflik qilgan bo‘lsa, endi jamoamizning eng tez kiritilgan goliga ham muallif bo‘ldi.  

Shuni alohida ta’kidlash joizki, jamoamiz bugun ham hujumkor o‘yin namoyish etdi. Maydonda raqibiga nisbatan ustun bo‘ldi.

Albatta hujumlar juda ko‘p bo‘ldi, ammo vaziyatlardan foydalanilmadi. Shu o‘rinda “Qizilqum” jamoasining ham yaxshi himoyalanganini e’tirof etish joiz.

Birinchi bo‘lim ana shu hisobd yakuniga yetdi.

Ikkinchi bo‘lim ancha shiddatli bo‘ldi. Mehmonlar ham hisobni tenglashtirish uchun bor kuchi bilan harakatlandi. Ikkinchi bo‘limda ular biroz ustunlikka erishgan daqiqalar ham bo‘ldi. Ammo jamoamizning ularga nisbatan himoyada ham, maydon markazida ham va hujumda ham katta bosim bilan qilgan harakatlari, ularning maqsadini puchga chiqardi.

Ikkinchi bo‘limning ikkinchi yarmi juda shiddatli kechdi. 70-daqiqada “Nasaf” darvozadan ancha uzoq masofada jarima to‘pi tepadigan bo‘ldi. Jarima to‘pi Jasur Hasanov tomonidan ajoyib tarzda amalga oshirildi. Har doim bunday vaziyatlarda raqib darvozasi oldida hozir bo‘ladigan tajribali himoyachimiz Igor Golban, bu safar ham shay turgan edi. U tashlab berilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘lladi va to‘p darvoza to‘ridan joy oldi – 2:0. Igor Golban bu bilan mavsumdagi 3-golini o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Tajribali yarim himoyachimiz Jasur Hasanovning jamoamiz yutuqlariga qo‘shayotgan hissasi o‘yindan-o‘yinga oshib bormoqda. Hasanov bugungi ikki golga ham hammualliflik qilganini e’tirof etish joiz.

O‘yinda hisob yirikroq bo‘lishi ham mumkin edi. Afsuski ko‘p vaziyatlarda gol urish uchun o‘yinchilarimizda omad yetishmadi.

Shunday qilib “Nasaf” ketma-ket beshinchi g‘alabasini nishonladi. Albatta kerakli va qimmatli ochkolarni yig‘ishda davom etmoqda. Jamoamizning yutuqlari ana shunday bardavom bo‘lishini umid qilib qolamiz.

“Nasaf” navbatdagi uchrashuvni 7 oktyabr shanba kuni yana o‘z maydonida o‘tkazadi. Shu kuni jamoamiz O‘zbekiston Kubogi-2017 yarim finali javob uchrashuvida “Lokomotiv” jamoasi bilan bahslashadi.

 

 

O‘zPFL 23-tur

“Nasaf” (Qarshi)–“Qizilqum” (Navoiy) 2:0 (1:0). 4638 nafar tomoshabin

30.09.2017. “Markaziy” stadioni. 18:00da

 

Bosh hakam: Sherzod Qosimov (Toshkent)

Gollar: Bahrom Abdurahimov, 1’-1:0, Igor Golban, 70’-2:0

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 2.Akmal Shorahmedov (s), 6.Azizjon G‘aniyev (5.G‘olib G‘aybullayev 90+3), 7.Odiljon Hamrobekov (27.Islom Rashidxonov 88), 18.Bahrom Abdurahimov, 20.Islom Kenjaboyev (45.Bobir Abduxoliqov 90+3), 22.Igor Golban, 34.Farruh Sayfiyev, 69.Dragan Cheran, 77.Jasur Hasanov, 92.Umarbek Eshmurodov.

“Qizilqum”: 55.Erkin Jabborov, 2.Viktor Grigoryev, 3.SHukurali Po‘latov, 4.Erkin Boydullayev (s), 6.Nodirxon Kamolov, 9.Otabek Zokirov (77.Bkgzod G‘anijonov 90), 17.Artur Gevorkyan, 18.Samandar Shodmonov, 23.SHerali Jo‘rayev, 89.Otabek Isroilov (20.G‘ayrat Jumayev 76), 92.Akmaljon Baxritdinov.

Ogohlantirish: Odiljon Hamrobekov (62) - Sherali Jo‘rayev (28), Akromjon Baxritdinov (55)

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 23:16, 30.09.2017.
O'qildi: 4051 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.