Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

APL. «Manchester Siti» Londonda «Chelsi»ni mag‘lub etdi

APL. «Manchester Siti» Londonda «Chelsi»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 7-turi doirasidagi markaziy o‘yin yakuniga yetdi. Londondagi "Stemford Brij" stadionida "Chelsi" ushbu mavsum yetakchisi — "Manchester Siti"ni qabul qildi. O‘tgan mavsumda bo‘lib o‘tgan ushbu jamoalar o‘rtasidagi har ikkala to‘qnashuvda Konte jamoasi g‘alaba qozongandi. Bu safar esa Gvardiola raqibdan chiroyli tarzda o‘ch oldi.

"Shaharliklar" butun o‘yin davomida har tomonlama "Chelsi"dan ustunlik qilishdi — to‘p nazorati, zarbalar, xavfli vaziyatlar, tezlik va pressing. Mehmonlar "aristokratlar"ga o‘z o‘yinini namoyish qilishga imkoniyat berishmadi. Aksincha, "Siti" vaqt o‘tgan sari o‘z ustunligini oshirib bordi va ikkinchi bo‘limda g‘alaba to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Bahsning 67-daqiqasida Kevin de Bryuyne 20 metrlardan kuchli zarba bilan "Chelsi" darvozasini ishg‘ol qildi!

O‘yin tugashiga 5 daqiqa qolganida manchesterliklar ikkinchi golni urishlari kerak edi, ammo Ryudiger "Chelsi"ni muqarrar goldan qutqarib qoldi. Mehmonlar xavfli hujum tashkil qilishdi va Jezus jarima maydonchasi ichida zarba yo‘lladi. To‘p Kurtuadan o‘tib ketdi, ammo Ryudiger bosh bilan zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Mazkur g‘alaba tufayli "Manchester Siti" bir necha soatdan keyin yana APL peshqadamligi qaytdi. Jamoa 19 ochko to‘plagan holda to‘plar farqiga ko‘ra "MYU"ni ortda qoldirmoqda.

APL, 7-tur
«Chelsi» – «Manchester Siti» – 0:1 (0:0)
Gol: De Bryuyne 67
«Chelsi»: Kurtua, Kristensen, Keyxill, Alonso, Ryudiger, Kante, Bakayoko (Batshuayi 73), Fabregas, Aspilikueta, Azar (Pedro 72), Morata (Villian 35).
«Manchester Siti»: Ederson, Uoker, Stounz, Otamendi, Fernandinyo, Delf, De Bryuyne (Danilo 90+3), D. Silva (B. Silva 76), Sane (Gyundogan 84), Sterling, Jezus.
Ogohlantirishlar: Fernandinyo 61, Otamendi 89.

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 23:22, 30.09.2017.
O'qildi: 7888 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик