Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Vadim Abramov o‘z vaqtida kelishilgan o‘yinda ishtirok etganini tan oldi

Vadim Abramov o‘z vaqtida kelishilgan o‘yinda ishtirok etganini tan oldi

Baho:
+-1 | -

Faoliyatini Farg‘onaning «Neftchi» futbol klubida olib borayotgan mutaxassis Vadim Abramov o‘z vaqtida kelishilgan o‘yinda ishtirok etgan. Bu haqda murabbiyning o‘zi «Oriyat Dono» radiosiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Kelishilgan o‘yin Vadim Abramovning murabbiylik faoliyatini endigina boshlagan vaqtlariga to‘g‘ri keladi. U «Traktor» futbol klubini boshqarayotgan bir vaqtda, Oliy Ligadan tushib ketish xavfida turgan klub vakillari iltimos bilan chiqqan. Abramovning ishontirib aytishicha, bunda hech qanday pul rol o‘ynamagan. Shunchaki, raqib jamoa nima qilib bo‘lsa-da elitada qolishni maqsad qilgani uchun, iltimos qilishdan boshqa chorasi bo‘lmagan.

"Shunday paytlar bo‘ladi, yordam so‘rab kelgan odamga shunchaki yo‘q deyolmaysan. Bu yerda pul haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas. Agar pul taklif qilinganida, men bu iltimosni eshitib ham o‘tirmasdim. Raqib jamoa chempionlik uchun kurashayotganida ham rad javobini berib, oxirgi kuchimiz qolgunicha kurashgan bo‘lardik.

Oldimga kelib iltimos qilgan klub esa og‘ir ahvoldagi, ligani tark etishni istamayotgan jamoa edi. Qarorni yolg‘iz o‘zim chiqarmaganman. Barcha futbolchilar ichida bu iltimosni aytishi kerakligini, masalani faqat ular hal qilishini tushuntirganman. Chunki futbolchilarga «mana bu o‘yinni yutqazib berishimiz kerak», deb hech qachon ayta olmasdim" - dedi Vadim Abramov.

Abramovning qayd etishicha, masalani chindan ham futbolchilarning o‘zi hal qilgan va jamoasi yutqazgan. Ligadan esa butunlay boshqa klub tushib ketgan. Murabbiy bunda gap qaysi yildagi aynan qaysi o‘yin haqida ketayotganiga oydinlik kiritmagan.

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 20:11, 02.10.2017.
O'qildi: 11926 marta.
Fikrlar: 26 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.