Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Gollandiya bu safar ham yirik turnirdan chetda qoladimi?

Gollandiya bu safar ham yirik turnirdan chetda qoladimi?

Baho:
+ | -

Gollandiya terma jamoasi bu safar ham yirik musobaqaning final bosqichida ishtirok eta olmaydigan ko‘rinadi. JCH-2018 saralash bosqichining "A" guruhida o‘tkazilgan 9-tur o‘yinlaridan keyin niderlandiyaliklarning ahvoli ancha og‘ir bo‘lib turibdi.

Ushbu guruhda Fransiya 20 ochkoga ega bo‘lib turgan bo‘lsa, Shvesiya hisobida 19, Gollandiyada esa 16 ochko bor. Gollandlar so‘nggi turda o‘z uylarida Shvesiyani qabul qilishadi. Bu bahsda shunchaki g‘alaba mezbonlar uchun kamlik qiladi. Dik Advokat shogirdlari Shvesiyani yirik hisobda mag‘lub etishlari kerak, ancha yirik...

JamoaO‘yinG‘alabaDurangMag‘lubiyatT-NOchko
1 Fransiya 9 6 2 1 16-5 20
2 Shvesiya 9 6 1 2 26-7 19
3 Gollandiya 9 5 1 3 19-12 16
4 Bolgariya 9 4 0 5 13-18 12
5 Belarus 9 1 2 6 5-19 5
6 Lyuksemburg 9 1 2 6 7-25 5

Shvesiya 9-turda Lyuksemburgni 8:0 hisobida mag‘lub etganidan keyin to‘plar farqini 26-7 ko‘rinishga keltirib oldi (+19). Gollandiyada esa bu ko‘rsatkich 19-12ni tashkil etadi (+7). Ko‘rib turganingizdek, niderlandiyaliklar to‘plar farqiga ko‘ra shvedlardan 12ta to‘pga ortda qolishmoqda. So‘nggi turda Gollandiyani 6ta to‘p farqi bilan g‘alaba ham qanoatlantirmaydi. Boisi, to‘plar farqi tenglashgani bilan, urilgan gollar soni bo‘yicha Shvesiya oldinda bo‘ladi (eslatib o‘tamiz, ochkolar teng bo‘lib qolgan holatda birinchi navbatda to‘plar nisbati inobatga olinadi).

Shu bois, Gollandiya 10 oktyabr kuni o‘z uyida Shvesiyani 7ta to‘p farqi bilan mag‘lub etishi shart. Shunda jamoa JCH-2018 saralashining pley-off bosqichiga chiqadi. Aks holda Gollandiya Rossiya-2018ga bora olmaydi, xuddi Yevro-2016dan quruq qolgandek!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:57, 08.10.2017.
O'qildi: 6713 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.