Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

JCH-2018 saralash. Yevropa. Guruhda 2-o‘rinni olsa-da, pley-offga chiqmaydigan jamoa nomi aniq bo‘ldi

JCH-2018 saralash. Yevropa. Guruhda 2-o‘rinni olsa-da, pley-offga chiqmaydigan jamoa nomi aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

JCH-2018 uchun Yevropa qit’asiga 13ta yo‘llanma ajratilganidan xabaringiz bor. 9ta guruh g‘oliblari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya-2018ga yo‘l olsa, 2-o‘rinni egallagan jamoalar pley-off orqali Mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘rishadi.

Guruhlarda 2-o‘rinni egallagan 9ta terma orasida eng yomon ko‘rsatkichga ega bo‘lgan bitta jamoa pley-off bosqichiga chiqishdan mahrum bo‘ladi. Yevropada hali 3ta guruhda so‘nggi tur o‘yinlari o‘tkazilmagan bo‘lsa-da, «ikkinchilar» orasida omadsiz terma jamoaning nomi aniq bo‘ldi. Bu — Slovakiya.



Ikkinchi o‘rinni egallagan reytingi tuzilayotganda ularning guruhda so‘nggi o‘rinni band etgan jamoa bilan o‘zaro o‘yinlari natijasi chiqarib tashlanadi. Natijada Slovakiya 8ta o‘yinda eng kam — 12 ochko jamg‘argani aniq bo‘ldi.

Shu tariqa, JCH-2018 yo‘llanmasi uchun pley-off bosqichida o‘z ishtirokini davom ettiradigan 5ta jamoaning nomi hozirdan ma’lum. Ular — Shimoliy Irlandiya, Daniya, Italiya, Irlandiya va Xorvatiya. Pley-offga chiqadigan yana 2ta jamoaning nomi bugun bo‘ladigan o‘yinlardan keyin aniqlanadi. Bu o‘rinni "A" guruhidan Fransiya, Shvesiya yoki Gollandiya yoki "B" guruhidan Shveysariya yoki Portugaliya, "N" guruhida Gresiya yoki Bosniya va Gersegovina egallashi mumkin.

Pley-off bahslari 9-11 hamda 12-14 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:27, 10.10.2017.
O'qildi: 27352 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.