Angliyaning "Manchester Siti" jamoasi hujumchisi Serxio Aguero yana mashg‘ulotlarga qaytdi.
Goal portali tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, u seshanba kungi mashg‘ulotlarda fitness mashqlarini bajarmagan va umumiy guruhda bo‘lgan.
Aguero Malumaning konsertidan qaytayotgan vaqtda u o‘tirgan taksi yo‘l chekkasidagi to‘siqqa borib urilgan, natijada 29 yoshli futbolchining ikki qovurg‘asi singandi.
"Uning fitnessdagi mashqlari tugadi. Aguero avtohalokatdan keyin jamoadoshlari bilan ilk mashg‘ulotlarini o‘tkazdi", - deb xabar beradi klub rasmiy tvitteri.