“Tottenxem” klubining janubiy koreyalik hujumchisi Son Xyon Min “Kristal Pelas”ga qarshi uchrashuv (1:0) dan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“O‘ylaymanki, g‘alabaga chindan ham loyiq edik. Terma jamoalar o‘yiniga qadar ochko ishlab olganimiz yaxshi bo‘ldi. Endi bugun qolgan o‘yinlarni qiziqib tomosha qilaman”, – deydi Min.
Ma’lumot uchun, “Tottenxem” keyingi uchrashuvni 18 noyabr kuni “Arsenal”ga qarshi o‘tkazadi.