Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Lev Yashin: «Futbol bobida irimchiman»

Lev Yashin: «Futbol bobida irimchiman»

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Intervyular

22 oktyabr kuni sobiq ittifoq va jahon futboli afsonalaridan biri, betakror darvozabon Lev Yashinning tavalludiga 88 yil to‘ldi.

Shu munosabat bilan sports.ru sayti bundan yarim asr ko‘proq vaqt muqaddam, aniqrog‘i, 1960 yilning iyulida France Football jurnalistlari va taniqli golkiper o‘rtasida bo‘lgan suhbatni chop etdi.

Bemalol aytish mumkin, sobiq ittifoq termasining Yevropa chempionatida zafar quchgani munosabati bilan uyushtirilgan intervyu hozir ham dolzarbligini yo‘qotmagandek...

«Sobiq ittifoq terma jamoasi Yevropa kubogini qo‘lga kiritdi. Buning asosiy sababi - futbolchilar eng yuqori sport formasida edilar va ular g‘alabaga nisbatan chanqoqlik, intilish jihatidan boshqalardan yaqqol ajralib turdilar.

Ammo mazkur muvaffaqiyatda bir yigitning xizmati kattaki, uni alohida e’tirof etish shart. Gap jahonning eng kuchli darvozaboni Lev Yashin haqida ketmoqda.

Balki muxbirlarimiz Levga yengil savollar barobarida o‘ng‘aysizlarini ham berishgandir, ammo uning javoblaridan afsonaning ichki dunyosi shundoq yuzaga qalqib chiqdiki, shunchaki, qoyil qolasan...» - France Football o‘sha suhbatga shunday qisqa va ma’noli kirish qismi yozgandi.

TAVAKKALCHI

— Futbolga qanday kirib kelgansiz?

— Barcha bolalar kabi bo‘sh vaqt yuzaga kelgani hamono toshloq yoki boshqa «futbol maydon»larida to‘p ortidan yugurardim. 16 yoshga to‘lganimda esa haqiqiy jamoa tarkibida maydonga tushdim - o‘zim ishlagan zavod termasida.

— Barchasini aynan darvoza chizig‘ida boshlaganmisiz yoki...?

— Tabiiyki, gol urishni yoqtirardim va hujumda o‘ynashni istaganman. Ammo bo‘yim balandligi va sakrovchanlik qobiliyatimni inobatga olgan murabbiylar zimmamga darvozabon rolini yuklashgan.

Umuman, birinchi uchrashuvdan keyinoq klub rahbarlari meni darvozaga «bog‘lab» qo‘yishgan va to‘g‘ri ham qilishgan ekan...

— Yaxshi darvozabon bo‘lish uchun qanday fazilatlar zarur?

— Eng muhimi - darvozadan to‘p o‘tkazib yubormaslik xohishi. Qolgan barcha fazilatlar shuning ortidan keladi - reaksiya, to‘pga sakrash, uni egallash uchun oldinga chiqish...

Mabodo kuchli istak sezilmasa, hech bir ustunlikdan naf yo‘q. Darvozabon shuning barobarida biror jabhada maydon o‘yinchilaridan qolishmasligi kerak, hattoki, jismoniy tayyorgarlik va texnika jihatidan ham.

Axir aynan shular unga har qanday vaziyatda o‘z ishini a’lo darajada uddalash imkonini beradi.

— Nechog‘li yuqoriga sakrashingiz mumkin?

— Anchadan buyon sinab ko‘rmadim, ammo o‘ylaymanki, 1 metr 60 santimetrni bemalol zabt etaman.

— Umuman, mukammallikka erishganingizni ta’kidlay olasizmi?

— Terma jamoadagi faoliyatimdan uch davrni alohida qayd etaman: 1956 yili Melburnda o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlari, Shvesiyadagi jahon chempionati va joriy mavsumga to‘g‘ri kelgan Yevropa kubogi.

Nima sababdan ayni shu musobaqalarda yaxshi o‘ynaganimni esa tushuntirib berolmayman. Balki sharoit taqozosiga ko‘ra, yuqori saviyamni ko‘rsatgandirman.

Ammo hech qachon mukammal darajaga yetdim, deb hisoblamaganman. Hozir ham o‘yinimni yanada yaxshilash haqida o‘ylayman. Axir hech kim o‘z imkoniyatlari chegarasini bilmaydi. Bu gap faqat futbolchilargagina tegishli emas.

— Maydonda xatolardan mutlaqo xoli darvozabondek taassurot uyg‘otasiz. Buning siri nima? DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:33, 09.11.2017.
O'qildi: 2269 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.